UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Muxlisa biznes va davlatga nutq bilan ishlashni qanday avtomatlashtiradi

Biznes va davlat sektori uchun Muxlisa shunchaki ovozli yordamchi emas, balki quyidagilarni bajaradigan avtomatlashtirish vositasidir:

30.07.2025

Muxlisa biznes va davlatga nutq bilan ishlashni qanday avtomatlashtiradi
  • Aloqa markazlariga tushayotgan yukni kamaytiradi

Muxlisa qo‘ng‘iroqlarni qabul qiladi, ko‘p so‘raladigan savollarga javob beradi va murakkab holatlarni operatorlarga yo‘naltiradi. Tez, qulay va kun-u tun ishlaydi.

  • Nutqni qayta ishlaydi

Ma’ruzalar, yig‘ilishlar, audio fayllar - barchasini matnga aylantiradi. Bu bayonnomalar, hisobotlar va tahlillarni tayyorlashni tezlashtiradi.

  • Hujjatlar va matnlarni ovozlashtiradi

Ovoz chiqarib o‘qishning hojati yo‘q - Muxlisa kerakli materialni o‘zi o‘qib beradi. Taqdimotlar, avtojavobgichlar, ilovalar uchun ayni muddao.

  • Ovozli suhbatdosh sifatida ishlaydi

my.gov.uz saytida Muxlisa fuqarolarga xizmatlarni topishda ko‘maklashadi hamda nima qilish va qayerga murojaat qilish kerakligini tushuntiradi. Barchasi ovoz orqali - xuddi jonli operator bilan gaplashgandek.

  • Raqamli platformalarga qo‘shiladi

Kompaniyalar va davlat idoralari Muxlisani foydalanuvchilar bilan ovozli muloqot o‘rnatish uchun o‘z saytlari, ilovalari va ichki tizimlariga joriy etishlari mumkin.

Muxlisa = tezlik + qulaylik + avtomatlashtirish