UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Meta kompaniyasining Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi davlat siyosati bo‘yicha vitse-prezidenti Saymon Milner boshchiligidagi delegatsiya IT Park Uzbekistan majmuasiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida mehmanlarga IT Park faoliyati, unda shakllangan ekotizim, istiqbolli loyihalar va investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

17.06.2025

Meta kompaniyasining Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi davlat siyosati bo‘yicha vitse-prezidenti Saymon Milner boshchiligidagi delegatsiya IT Park Uzbekistan majmuasiga tashrif buyurdi.

Delegatsiya a’zolari, shuningdek, UZSOC markazi bilan tanishdilar. Markazda axborot xavfsizligi, ijtimoiy tarmoqlardagi monitoring va boshqa yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida mufassal axborot taqdim etildi.

Tashrifning asosiy qismida delegatsiya a’zolari Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov bilan uchrashdilar. Uchrashuv anjumanlar zalida o‘tkazilib, unda mamlakatimizda raqamli texnologiyalar sohasida amalga oshirilayotgan asosiy yo‘nalishlar namoyish etildi. Mehmonlar, shuningdek, UZINFOCOM faoliyati, uning innovatsion loyihalari va IT infratuzilmasini rivojlantirish ishlari bilan ham tanishib chiqdilar. Shuningdek, raqamli xizmatlarni modernizatsiya qilish va takomillashtirishga qaratilgan joriy loyihalarning taqdimoti o‘tkazildi.