Nima uchun UZINFOCOMni tanlash kerak?
Tajriba va innovatsiya
O‘zbekistondagi birinchi IT yechimlar. 700 dan ortiq mutaxassislar.
Aqlli texnologiyalar
Sun'iy intellekt va mashinani o'rganish bo'yicha yetakchilar. Sizning biznesingiz uchun innovatsiya.
IT hamkor
Biznesingiz rivojlanishi uchun ishonchli IT hamkor.
Biz har bir loyihaga alohida mehr beramiz
Yugur.uz
Yugur.uz - 2024-yilda ishga tushirilgan onlayn sog‘lomlashtirish platformasi. U xalqaro va respublika yugurish tadbirlarini, shu jumladan marafonlarni tashkil etish imkonini beradi, shuningdek, natijalarni ro‘yxatga olish, kuzatish va monitoring qilish jarayonlarini raqamlashtirishni ta’minlaydi. Loyihaning asosiy maqsadi - sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, talabalarning bo‘sh vaqtini tashkil etish va aholini sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb qilish.
UDOCS
UDOCS biznes, mijozlar va hamkorlar o'rtasida elektron hujjatlarni yaratish, boshqarish va almashish, ish oqimlari va aloqalarni optimallashtirish uchun mo'ljallangan.
FUTSAL2024 Tizimi
Kompaniyamiz Raqamli texnologiyalar vazirligi va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi bilan birgalikda 2024-yilda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiptalar bo‘yicha ilg‘or axborot tizimi – FUTSAL2024 tizimini ishlab chiqish va joriy etish ishlarini muvaffaqiyatli yakunladi.
Yangiliklar va maqolalar
19.11.2024
Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan ICANN81 Annual General Meeting asosiy tadbiri doirasida
.UZ domeni ma'muriyati vakillari ICANN tashkilotining ccNSO kengashi raisi Alejandra Reynoso hamda kengash raisining o‘rinbosarlari Jordan Karter va Biyi Oladipo bilan samarali uchrashuv o‘tkazdilar.
71 ko'rishlar
0 marta ulashildi
18.11.2024
17-noyabr kuni IT Park rezidentlari o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha "IT Park Table Tennis Cup-2024" chempionati yakunlandi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, UZINFOCOM jamoasi 42 ta tashkilot orasida faxrli uchinchi o‘rinni egalladi.
130 ko'rishlar
0 marta ulashildi
18.11.2024
Davlat bayrog‘i kuni munosabati bilan UZINFOCOM xodimlari #Millat_bayrog‘i milliy bayrog‘i tushirilgan foto-chellenjni boshladi.
Bizga qo‘shiling!
132 ko'rishlar
0 marta ulashildi
18.11.2024
18 noyabr — Oʼzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʼi qabul qilingan kun!
Bu mamlakatimiz g‘ururi, mustaqilligi va birdamligining ramzi, shuningdek, boy tariximiz va kelajakka bo‘lgan ulkan maqsadlarimiz ifodasidir.
96 ko'rishlar
0 marta ulashildi
Mijozlarimizning ishonchi va sodiqligi bizning so'zsiz muvaffaqiyatimizdir
Raqamlashtirishning eng muhim, asosiy jihatlaridan biri ma’lumotlarni qayta ishlash, boshqarish va saqlash uchun kuchli bazani yaratishdir. Shu maqsadda UZINFOCOM Yagona Integratori yaratildi, uning vazifalariga davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash kiradi.