1967 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1984-1991 yillarda Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie muxandisligi bo‘yicha ixtisoslashgan Toshkent elektrotexnika aloqa institutida tahsil olgan. 1995 yilda Toshkent elektrotexnika aloqa instituti aspiranturasini tamomlagan, texnika fanlari nomzodi.
Ish faoliyati:
1992 - ITL Televideniya TEAI muhandisi, TEAI Televizion kafedrasi assistenti;
1993 yildan - TEAI kafedrasining ilmiy-tadqiqot laboratoriyasining katta ilmiy xodimi, TEAI doktoranti;
1995 yil – “AUS” Ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi elektron muhandisi;
1997 yil – “ASC” O‘zbekiston-Britaniya qo‘shma korxonasining ijrochi direktori (ISP, telekommunikatsiya xizmatlari, tranking aloqa, nazorat-o‘lchov asbobsozlik va avtomatlashtirish);
1998 yil - O‘zbekistondagi birinchi FM radiostansiyasi bo‘lmish (asoschisi) GRAND radiosi direktori;
2002 yil - Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining “Uzincomcenter” O‘zbekiston tashqi iqtisodiy axborot-tijorat Markazi bosh direktori o‘rinbosari;
2003 yil – “Unitech” O‘zbekiston-Britaniya qo‘shma korxonasi bosh direktori, “Platinum Connect” savdo belgisi;
2007 yil - ITECO TASHKENT MChJ Direktori, tizim integratori, ta’minot, kompleks yechimlar;
2010 yil – “UzDigitalTV” MChJ bosh direktori;
2010 yil – “ITECO TASHKENT” MChJ direktori, tizim integratori, materiallari, integratsiyalangan yechimlar;
2013 – “MARS Electronics” MChJ ning rivojlanish bo‘yicha direktori;
2014 yil – “Dars INFO Service” MChJ Tizimlar loyihalashtiruvchisi;
2015 yil – “EcoSol Lab” MChJ;
2016 – “Netka Telekom” MChJ;
2017 – “EkoSol Lab” MChJ;
2017 yilning dekabrida UZINFOCOM Markazi direktorining birinchi o‘rinbosari va vaqtinchalik director vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.
Qabul kunlari: har kuni 08:00 dan 11:00 gacha