UZINFOCOM Markazida ish faoliyati

UZINFOCOM Markazi Respublikamizda axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy qilish bo`yicha ishlarni amalga oshiradi. Markaz tomonidan yaratilgan va joriy qilingan loyihalar soni kundan kunga ortib bormoqda. Shu sababli markazimizga ishlash uchun kuch-g`ayratga ega, o`z oldiga katta maqsadlarni qo`ygan, o`z iqtidorini namoyon etishni istagan xodimlarni taklif qilib qolamiz.

Markaz jamoasi ahil, bajarilayotgan vazifalar qiziqarli, ijodiy hamda xizmat pog`onalaridan ko`tarilish ushun barcha sharoitlar yaratilgan. Markazga ishga kelish yoki kelmaslikni o`ylab o`tirishning ham hojati yo`q. Chunki, hodimlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar: sportzal, oshxona, munosib maosh, ijtimoiy himoya, betakror korporativ yig`inlarning barchasi ishga kelishni hohlaganlarni befarq qoldirmasligi aniq.

AKT sohasidagi tahlilchilar, veb-dasturchilar, axborot xavfsizligi bo`yicha mutahassislarni, tizim ma'murlarini va boshqa shu kabi mutahassislarni Markazimizga ishga taklif etamiz.

 elektron manzilga sur'atiningi biriktirilgan rezyumelaringiz yuborishingiz mumkin. Rezyumeda o`zingiz to`g`ringizda to’liq ma'lumot, avvalgi ish joyingiz, qaysi yo`nalish bo’yicha bilimlarga ega ekanligingiz va sizni topishimiz mumkin bo`lgan telefon raqamlari va elektron pochta manzilingiz to`g`risidagi ma’lumotlarni qoldirishingiz maqsadga muvofiq bo’ladi.

Ish jarayoni to`g`risida ko’p gapirib o`tirmaymiz , keling, ko`ring, birinchidan Markazda ish faoliyati qiziqarli tashkil etilganligiga amin bo`lasiz. Ikkinchidan, ish jarayonida zerikib qolmasligingizga va imkoniyatlar rostdan ham yaratilganligini o`z ko`zingiz bilan ko`rasiz.

Ish jarayoniga qo`shimcha ravishda tashkil etilgan kuch to’plashning ikki varianti mavjud bo`lib, ikkala variant ham sizda qiziqish uyg`otishi aniq.

Birinchi variant: agar mushaklaringiz va miya faoliyatingiz toliqqan bo`lsa, sizlarni sport zaliga taklif etamiz, u yerda sizlar uchun mashq qilish uskunalari, stol tennis va boshqa turli sport anjomlari mavjud.

Bu yerda yigitlar sport anjomlari yordamida barcha charchoqlarini unutishlari, qizlar esa aerobika mashg`uloti yordamida muskullarini yanada baquvvat qilishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Ikkinchi variant: qorningiz ochganda ko`zingizga eng chiroyli ko’rinadigan tamaddi qilish xonasiga taklif etamiz. Bu yerda joylashgan javonlardagi AKT sohasiga oid kitob va jurnallarni miriqib mutoala qilishingiz mumkin.

Eng asosiysi, xonadan bevosita o`z vazifasida foydalanishingiz uchun choy yoki kofe damlash, muzlatgichdan shirinliklarni olib bir piyola choy ustida hamkasblaringiz bilan loyihalarni muhokama etish, tushlik qilish yoki barcha bilan birgalikda tug`ilgan kuningizni nishonlash uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.

Tashqi batartiblik va ozodalik kollektivdagi o’zaro munosabatlarga mos keladi, xayrixohlik, o`zaro yordam va hazil-mutoyiba barcha xodimlarga nafaqat taraqqiyot bilan hamqadam yurishni, balki shu taqaqqiyotni yaratish va davlatimizda tadbiq qilish imkoniyatini ham beradi. Bu juda qiziqarli va e’tiborga loyiq, keling va bu jarayonda ishtirok eting.

Ijtimoiy ta’minot

Biz barcha xodimlarimizning mehnatini qadrlaymiz va ular Markazda faoliyat olib borayotganliklaridan ma’mnun bo’lishlariga erishishni istaymiz. Jumladan, o`z xodimlarimizga quyidagi yahlit ijtimoiy imkoniyatlarni taklif etamiz:

  • Har yili Markaz tomonidan xodimlarni tibbiy sug`urta qilish bo’yicha shartnomalar tuziladi, bunda xodim sug`urta narxining 50 foizini to’laydi. Shuningdek xodimlarning istaklariga ko`ra ularning yaqin qarindoshlari uchun ham tibbiy sug`urta xizmatini tashkil etilishi mumkin;
  • Yo`l transport xarajatlari qoplanadi;
  • Markaz tomonidan xodimlarga moddiy yordam to`lanadi, shuningdek zarur bo`lgan vaqtda xodimlar uchun qulay shartlar asosida uzoq muddatli qarz (ssuda) beriladi;
  • Xodimlarning bilimlarini va malakalarini oshirishlari uchun sarf qilinadigan xarajatlar Markaz tomonidan qoplanadi;
  • Ish faoliyati davomida o`zlarini ijobiy tomondan ko`rsatgan xodimlar uchun mobil aloqa xarajatlari, uy sharoitida internetdan foydalanish xarajatlari qoplanadi, shuningdek xosting maydonchasida 1 Gb bepul joy ajratiladi;
  • Kuz mavsumida xodimlar qishloq xo`jaligi maxsulotlari bilan ta'minlanadilar;
  • Bayram munosabati bilan mukofot puli beriladi
  • Kasaba uyushmasi tomonidan xodimlar uchun dam olish maskanlariga, sanatoriylarga hamda xodimlar farzandlari uchun bolalar oromgohlariga imtiyozli ravishda yo`llanmalar beriladi;
  • Markaz xodimlari va ularning farzandlari uchun konservatoriya, kino, sirk va teatrlarga chiptalar beriladi;
  • Markaz xodimlarining nafaqa yoshida bo`lgan ota-onalaribayramlarda oziq-ovqat mahsulotlar bilan ta'minlanadilar;
  • Markaz xodimlarining Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan oila a'zolari bo`lsa ular ham Markaz tomonidan oziq-ovqat mahsulotlar bilan ta'minlanadilar;
  • Yubiley yoshiga yetgan Markaz xodimlari esdalik sovg`alari bilan taqdirlanadilar;
  • Shuningdek, aloqa sohasida 20, 25, 30, 35, 40, 45 yildan ziyod ishlagan Markaz xodimlari ham turli sovg`alar bilan taqdirlanadilar;
  • Har yili Naro`z va Mustaqillik bayramlari munosabati bilan Markaz tomonidan bayram oshi tayyorlanadi;
  • Har yili Markaz tashkil topgan kuni nishonlanishi munosabati bilan, Markaz tomonidan xodimlar uchun dam olish maskanlariga safar tashkil qilinadi;
  • Markaz xodimlarining maktab yoshidagi farzandlari o`quv yili boshlanishi munosabati bilan har yili maktabga kerakli o`quv qurollari bilan ta'minlanadilar;
  • Markaz xodimlarining farzandlari uchun yangi yil sovg`alari taqdim etiladi va bolalar uchun Markazda Qorbobo, Qorqiz va  turli ertak qahramonlari ishtirokida archa bayrami o`tkaziladi;
  • Markaz xodimlari betob bo`lgan vaqti uchun, kasallik varaqasiga asosan to`lovlar amalga oshiriladi. Shuningdek, Markazda birinchi yordam ko’rsatish uchun kerak bo`ladigan dori-darmon vositalari va maxsus kurslarda o’qitilgan hamshira xodimlar ham faoliyat ko`rsatadilar.

Korporativ tadbirlar

UZINFOCOM markazida doimiy ravishda xodimlarni birlashtirishga xizmat qiladigan har xil korporativ tadbirlar ơ`tkaziladi. Ushbu tadbirlar Markaz ma'muriyati va kasaba uyushmasi qo`mitasi tomonidan tashkil qilinadi. O`tkazilayotgan tadbirlardan biri, albatta, Yangi yil bayramini kutib olishdir. Aytib o`tish joizki, so`ngi vaqtda ushbu tadbir qishki Yangiobod dam olish maskanida o`tkazilmoqda. Ushbu bayram, albatta, kơ`p yillar davomida eslab qolinadi va unutilmaydi.

Yangi yil bayramini nishonlash yildan yilga quvnoq kayfiyat bilan ơ`tkaziladi. Yig`ilamiz, tayyorlanamiz, kutamiz. Afsuski, Yangi yil bayrami yilda faqatgina bir marta bo`lib o`tadi, ammo, bizning baxtimizga, ko`ngilli korporativ tadbirlar tez-tez ơtkaziladi.

Masalan, yana bir yoqimli tadbir – korporativ osh! Korporativ oshi odatda Navro`z va Mustaqillik bayramlari munosabati bilan Markazning o`zida tayyorlanadi. O`ylaymizki, katta qozon va o`z oshpazlari bilan faxrlanadigan tashkilotlarning soni unchalik ko`p emas. Mazalimi yoki yo’qmi – so`zlab ơtirishning hojati ham yo`q — xo`randalarning nigohiga boqishning o`zi kifoya!

 Bundan tashqari, har bir xodim yozning o`rtasini sabrsizlik bilan kutishadi, chunki yozning iyul oyida Markaz o`z tug`ilgan kunini nishonlaydi. Odatda, ushbu tadbir shahardan tashqarida joylashgan eng yaxshi dam olish maskanlaridan birida timbilding ko`rinishida o`tkaziladi. Timbildingning muhimligini va jamoaning birdamligini so`z bilan ifodalash qiyin.

Dam olish joylarida, cho`milish havzalarida, sport maydonchasida jamoangizda naqadar ajoyib xodimlar ishlashiga yana bir bor amin bo`lasiz, ishda esa siz ularni odatda faqatgina yo`lakda, monitor oldida ko`rishingiz mumkin. Gap zerikarli “Timbilding” so`zida emas, balki sevimli kasbdoshlaring bilan raqsga tushish, yugurish, hazil-huzul qilib maroqli dam olishdadir.

Kim yaxshi ishlasa, shu inson yaxshi dam olishni ham biladi! Xodimlarning birgina nigohiga boqing – ayting-chi, siz ham ushbu jamoada ishlashni istaysizmi?

Markazimizga marhamat qiling, bizning jamoamizga qo’shilganingizdan afsuslanmaysiz!

Markazda tajriba orttirish

O`quv yili tugashi bilan talabalar va bitiruvchilarni “qaerga ishga kirsam ekan?” degan birgina savol qiynaydi: O`z kuchiga ishongan talabalarning kasb tanlashga kelganda miyalarida bir savol charx uradi: Yozda nima ish bilan mashg`ul bơlaman? Bitiruvchilarda esa yanada jiddiy savollar: qaerga ishga kirish, yuqori maqsadlarga qanday erishish masalasi kơ`ndalang turadi.

Bugungi kunda, ish faoliyatini boshlash va ish bozorida raqobatli nomzod bo`lish uchun, shaxsiy malaka- ko`nikmalar va nazariy bilimlardan tashqari, ish tajribasi va ishga kirmoqchi bo`lgan korxona haqida bilimlarga ega bo’lish ham kerak bo`ladi. Ist'edodli va qobiyatli yoshlar uchun tajriba orttirish – ish sohasini tanlash va kerakli kommunikativ malaka olish uchun eng yaxshi imkoniyatdir. Kompaniyalar uchun esa – bu malakali mutaxassislarni ishga olish va kadrlar zahirasini to`ldirish imkonini beradi.

UZINFOCOM markazida tajriba orttirish – bu mamlakatimizning eng yaxshi IT kompaniyalaridan birida kuchli mutaxassislar bilan ishlash, AKT sohasida qimmatbaho ish tajribasini orttirish, guruhda ishlashni o’rganish va odamlar bilan muloqot qilishni o’rganish imkoniyatidir.

Agar siz tajribali, uddaburon va IT sohasida faoliyat ko`rsatish maqsadingiz bo`lsa, albatta UZINFOCOM Markaziga tajriba orttirishga taklif etamiz.

Vakansiyalar

elektron manzilga sur'atiningi biriktirilgan rezyumelaringiz yuborishingiz mumkin. Rezyumeda avval ishlagan joylaringiz to`g`risida, o`z malaka va bilimlaringiz haqida batafsil ma'lumot berishingiz lozim. Shuningdek, siz haqingizda tafsiyanoma olishimiz mumkin bo`lgan shaxslar bilan bog`lanish uchun manzillarni qoldirishingiz maqsadga muvofiq bo`ladi.

Rezyumening shakli va ko’rinishi qanday bo’lishini har bir shaxs o`zi hal qiladi, lekin esingizdan chiqmasin, siz jo`natgan xujjatning tashqi ko’rinishi bo`yicha siz to`g`ringizda birinchi hulosa kelib chiqadi. Barcha yuborilgan rezyumelar bir hafta mobaynida ko’rib chiqiladi. Biroq har bir shaxsga javob berishga imkoniyatimiz yo`q, faqatgina bizni qiziqtira olgan shaxslar bilan bog`lanamiz. Markaz talablariga javob bergan nomzodlar suhbatlashishga taklif etiladilar. Shuni ta'kidlab o`tish lozimki, suhbatlashish bir necha bosqichda bo`lib o`tadi, so`nggi bosqichda esa Markaz rahbariyati bilan suhbat tashkillashtiriladi.

 

Vakant o`rinlar
Texnik xizmat bo`limi OC kabi Unix bazasi serverlarning tizim ma'muri
Microsoft Windows Server 2003 (2008) tizim ma'muri
ZiyoNET resurs markazi (loyihalar: ZiyoNET, uMail.uz, ID.UZ, WWW.uz) PHP (ООП, Yii Framework, JS, SQL) dasturchisi
Milliy axborot tizimini tashkil etish va rivojlantirish bo`yicha depertament .NET dasturchisi

Qabulxona
Telefon: 238-4200
Faks: 238-4248
E-mail: info[at]uzinfocom.uz
Kontaktlar
Fuqarolar murojaati