Mijoz kabineti

UZINFOCOM Markazi mijozlari shaxsiy kabinetlari orqali o`z mablag`lari qoldiqlarini, joriy tarif va uning holati, xizmatlardan foydalanish bo`yicha to`liq ma’lumot olish, shuningdek shartnoma va hisob-faktura shakllarini yuklab olish imkoniyatiga ega.

Shaxsiy kabinetga kirish uchun 238-4238 telefon raqami orqali Mijozlar bilan ishlash bo`limiga murojaat eting.

Kabinetga kirish

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari

Jismoniy va yuridik shaxslar davlat organlariga O`zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risida»gi qonuniga muvofiq murojaat etish huquqiga ega. Jismoniy shaxsning murojaatida jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to`g`risidagi ma`lumotlar ko`rsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilgan bo`lishi kerak. Yuridik shaxsning murojaatida yuridik shaxsning to`liq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) to`g`risidagi ma'lumotlar ko`rsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilgan bo`lishi kerak.

Taklif kelib tushgan kundan e'tiboran bir oygacha bo`lgan muddatda ko`rib chiqiladi, qo`shimcha o`rganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno, bu haqda taklifni kiritgan shaxsga o`n kunlik muddatda yozma shaklda xabar qilinadi. Ariza yoki shikoyat masalani mazmunan hal etishi shart bo`lgan davlat organiga kelib tushgan kundan e'tiboran o`n besh kun ichida, qo`shimcha o`rganish va (yoki) tekshirish, qo`shimcha hujjatlarni so`rab olish talab etilganda esa bir oygacha bo`lgan muddatda ko`rib chiqiladi. Ariza va shikoyatlarni ko`rib chiqish uchun tekshirish o`tkazish, qo`shimcha materiallar so`rab olish yoxud boshqa chora-tadbirlar ko`rish zarur bo`lgan hollarda, ularni ko`rib chiqish muddatlari tegishli davlat organi rahbari tomonidan istisno tariqasida uzog`i bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilinadi.

Murojaatlarni on-layn yuborish Interaktiv xizmatlar


Qabulxona
Telefon: 238-4200
Faks: 238-4248
E-mail: info[at]uzinfocom.uz
Kontaktlar
Fuqarolar murojaati