AKTni ta’lim tizimiga tadbiq etish
UZINFOCOM Markazi faoliyatining ushbu yo`nalishi ZiyoNET Resurs markazi boshqaruvidadir. “Ziyo” o`zbek tilida ma’rifat, bilim va madaniyatni targ`ib qilish ma’nolarini anglatadi. ZiyoNET axborot ta’lim tarmog`i ta’lim tizimiga yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq etish bilan birga ta’lim va yoshlarga mo`ljallangan resusrlar va xizmatlarni o`zida jamlaydi va ularning resurs zahirasini muntazam boyitib boradi.
ZiyoNET Resurs markazi, o`zida qiziqarli ma’lumotlarni olish uchun zarur bo`lgan axborot texnologiyalari sohasidagi zamonaviy bilimlarni oshirishga yordam beruvchi, ta’lim tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishda o`zaro tajriba almashish va muloqot yaratish xizmatlarini o`zida mujassamlashtirgan www.ziyonet.uz yagona axborot-resurs maydonini texnik jihatdan qo`llab quvvatlaydi.
ZiyoNET tarmog`i tomonidan o`quvchilar, talabalar va o`qituvchilarga mo`ljallangan foydali axborotlarni o`zida jamlagan qator ta’limiy loyihalar yaratilgan.
UZINFOCOM DataMarkazi tomonidan ta’limiy resurslar va loyihalarga beg`araz xosting xizmati taqdim etiladi. Shuningdek, barcha foydalanuvchilar ZiyoNET portali zahirasida o`z sayt-satellitini yaratish imkoniyatiga ham egalar.
ZiyoNET portali
2006 yilning iyun oyida ZiyoNET Resurs Markazining ZiyoNET portali ishlab chiqildi. O`tgan davr mobaynida portal o`z rivojlanish bosqichini bosib o`tdi va hozirgi kunda ta’lim, fan, madaniyat, iqtisod va jamiyatning turli sohalari bo`yicha axborot-resurslarni o`zida jamlagan eng muhim tarmoqlardan biriga aylandi. Bugungi kunda portal o`zida “Kutubxona”, “Ta’lim”, “Abituriyent”, “Onlayn o`yinlar”, “Chet tillari”, “Arboblar” va shu kabi dolzarb bo`limlarni jamlagan va ular asosida faoliyat yuritib kelmoqda.
Ta’lim tarmog`ining kutubxonasi o`quv dasturlari, ilmiy va badiiy adabiyotlar hamda shu kabi ko`plab ta’limiy resurslarni o`zida jamlagan respublika miqyosidagi eng yirik va boy zahira hisoblanadi. Turli mavzudagi referatlar, uslubiy qo`llanmalar, ma’ruza matnlari, avtoreferatlar va boshqa ko`plab ilmiy va ta’limiy materiallar shular jumlasiga kiradi.
O`sib kelayotgan yosh avlodni o`z mamlakati tarixi, erishgan yutuqlari bilimdoniga aylantirish, shuningdek, ajdodlariga nisbatan chuqur hurmat hissini shakllantirish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga ko`maklashish maqsadida ZiyoNET portalida “Arboblar” bo`limi ishga tushirildi. Ushbu bo`lim fan, madaniyat, ta’lim, adabiyot va sport sohalarida erishgan yutuqlari bilan barchaga ma’lum va mashhur bo`lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar bilan boyitildi. Foydalanuvchilar uchun o`zbek va rus tillarida buyuk shaxslar va arboblarning tarjimai hollari, foydali havolalar hamda ishonchli manbalar asosida jamlangan ma’lumotlar joylashtirilgan.
ZiyoNET portaliga ro`yxatdan o`tish orqali tashrif buyurgan barcha foydalanuvchilarga tarmoq bepul veb-sayt ochish, pochta bilan ishlash, qiziqarli va dolzarb ruhdagi ma’lumotlarni olish va joylashtirish, tanlovlarda ishtirok etish hamda forum orqali boshqa foydalanuvchilar bilan muloqotga kirishish imkoniyatlarini taqdim etadi.
Sayt-satellitlari
ZiyoNET portali Internet tarmog`ida bepul sayt-satellitlar yaratish imkoniyatini taklif etadi.
Sayt-satellit bu - ZiyoNET portali tarkibiga kiruvchi mavzuli kichik sayt hisoblanadi. Mazkur sayt foydalanuvchi tomonidan uchinchi darajali domen ostida Wordpress platformasi zahirasida yaratiladi. Sayt yaratish foydalanuvchidan hech qanday maxsus bilim talab etmagan holda o`z shaxsiy resursini yaratish imkonini beradi.
Hozirgi kunda ushbu platformada ta’lim, madaniyat, jamiyat, sport, pedagogika va boshqa turli yo`nalishlarda sayt-satellitlar yaratilgan.
Sayt-satellitni yaratish uchun quyidagilar talab qilinadi:
- ID.UZ tizimidan ro`yxatdan o`tish;
- Ziyonet.uz saytidan avtorizatsiya qilish;
- “Sayt yaratish” havolasi orqali tegishli sahifaga kirish va ma’lab etilgan ma’lumotlarni kiritish.
Kiritilgan ma’lumotlar sayt-satellitni ochish uchun bevosita moderatorga tasdiqlash uchun jo`natiladi.
uTube.uz
uTube.uz - boy zahirali video darslar va video ma’ruzalar, turli yo`nalishdagi intervyu va seminarlar, shuningdek, chet tillarini o`rganishga oid video darslarni o`zida mujassamlashtirgan ochiq ta’limiy video portaldir. Foydalanuvchilar uchun masofaviy, sinxron va uzluksiz ta’lim kabi zamonaviy shakldagi ta’lim xizmatlarini taklif etadi. Barcha materillar ochiq holda joylashtilgan. ID.UZ tizimidan ro`yxatdan o`tgan har bir foydalanuvchi o`z materiallarini videoportalga yoylashtirishi mumkin.
Fikr.uz
Fikr.uz - shaxsiy va jamoaviy bloglar sayti, ZiyoNET axborot ta’lim tarmog`i doirasida yaratilgan bo`lib, foydalanuvchilar unda mualliflik maqolalarini chop etish va boshqa foydalanuvchilar bilan birga ushbu maqolalrni muhokama qilish imkoniyatiga egalar. Maqolalar mavzu va mazmun jihatidan ta’lim, fan, madaniyat, yuqori texnologiyalar va biznesga bag`ishlangan bo`lishi mumkin.
Fikr.uz saytning tuzilishi undan foydalanuvchi insonlarning ijodiy hamkorlikda saytni kerakli axborot bilan to`ldirishga yo`naltirilgandir. Sayt foydalanuvchilari maqolalarini shaxsiy va jamoat bloglarida chop etirishlari, so`rovnoma o`tkazishlari hamda o`zga foydalanuvchilar bilan muloqot o`rnatishlari mumkin.
Fikr.uz - asosiy vazifani umumiy qiziqishlar bilan birlashgan va reyting tizimi orqali saytning barcha foydalanuvchilarning faoliyatiga asosiy ta’sir ko`rsatadigan odamlar guruhidan tashkil topgan uyushmadir.
Tanlov.uz
Tanlov.uz –yoshlarni, yosh mutaxassislarni va O`zbekistonda faoliyat ko`rsatuvchi shaxslar va korxonalarni qo`llab quvvatlash maqsadida, Respublika va dunyo miqyosida o`tkazilayotgan tanlovlar, grantlar, stependiyalar, aksiyalar kabi tadbirlar to`g`risida ma’lumotlarni taqdim etuvchi saytdir.
Saytda, taqdim etilayotgan tanlov, grant va aksiyalarning tashabbuskorlari to`g`risida qatnashish shartlari, ma’lumot olish ushun telefon raqamlari kabi batafsil ma’lumotlarni topishingiz mumkin. O`tkazilayotgan tadbirlar ro`yxatini turli yo`nalishlar bo`yicha saralangan holatda ham ko`rish mumkin.