Elektron hukumatni rivojlantirish va joriy etish masalalari

Elektron hukumat - bu axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan yuqori darajada foydalangan holda davlat organlari va fuqarolar o`rtasidagi shaxsiy aloqadorlikni kamaytirish orqali fuqarolarga, biznesga, davlat hokimiyatining boshqa sohalariga hamda davlat xizmatchilariga mavjud ma'lumotlarni va davlat xizmatlarini onlayn tarzda yetkazib berish usulidir.

Elektron hukumat sohasi bo'yicha UZINFOCOM markazi quyidagi loyihalarni qo`llab quvvatlaydi:

GOV.UZ

Internet tarmog`idagi O`zbekiston Respublikasining Hukumat portali aholi, biznes vakillari va tashkilotlarga hukumat va davlat organlarining faoliyati bo`yicha ma’lumotlarga kirish imkoniyati sharoitlarini  yaxshilash hamda aholi va davlat tashkilotlari o`rtasida o`zaro aloqadorlik samaradorligini ta'minlash maqsadida yaratilgan.

Hukumat portali foydalanuvchilar uchun “bir darcha” tamoyili asosida davlat axborot resurslari va interaktiv davlat xizmatlariga integrallashgan kirish imkoniyatini ta'minlaydi.

Portalda “Davlat-fuqaroga” (G2C), “Davlat-tadbirkorga” (G2B) va “Davlat-chet el fuqarosiga” (G2F) modullariga mansub bo`lgan 100dan ortiq axborot bo`lim va bloklar yaratilgan.
Mobil Internet foydalanuchilarini jalb etish maqsadida Hukumat portalining mobil versiyasi (m.gov.uz) ishlab chiqildi va ishga tushirildi. Ushu versiyada aholi uchun  eng muhim va foydali ma'lumotlar jamlangan. Shuningdek, mamlakatimizda o`tayotgan voqealar to`g`risida aholiga operativ tarzda ma'lumotlarni taqdim etish maqsadida Android, iOS va Windows Mobile platformalarida Hukumat portalining mobil  ilovalari ishlab chiqildi.

O`zbekiston Respublikasining Hukumat portali davlat hokimiyati organlari faoliyatining funksional jarayon va tartibini qo`llab-quvvatlovchi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining  elektron hamjihatlik infratuzilmasi tizimini tashkil  etuvchi qism hisoblanadi.

NIS.UZ

Nis.uz idoralararo avtomatlashtirilgan axborot tizimini Davlat idoralarida axborot kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlarini taqdim etish, joriy etish va rivojlantirish hamda ularni tahlil etish bilan bir qatorda, axborot kommunikatsiya texnologiyalari tizimida mavjud muammolarni hukumat doirasida bartaraf etish va rivojlantirishdan iborat.

Axborot tizimining vazifalari quyidagilar:

  • Davlat idoralarida axborot kommunikatsiya texnologilarini joriy etish va rivojlantirish hamda ma’lumotlarni qayta ishlash va jamlash;
  • Davlat idoralarida axborot kommunikatsiya texnologiyalari rivojini tahlil etish va ular tomonidan taqdim etilgan hisobotlarni bir shaklga keltirish;
  • Davlat idoralariga ma’lumotlarni taqdim etishda imkoniyat yaratish, GOV.UZ hukumat portaliga ularni joylashtirish va tizimda saqlash.

Nis.uz axborot tizimining tub mohiyati shundan iboratki, davlat idoralari tomonidan tizimga kiritilgan ma’lumotlardan yuqori tashkilotlar - Vazirlar Mahkamasi, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Apparati va h.k. ham foydalanishlari mumkin, bunda ushbu ma’lumotlarni davlat idoralari tomonidan qog`oz shaklida taqdim etish extiyoji qolmaydi.

E-KOMMUNAL.UZ

2012 yil mart oyida Markaz tomonidan tashkil etilib, ishga tushirilgan Kommunal ho`jaligi va turar-joy fondi Portalini  internet tarmog`ida e-kommunal.uz, kommunal.uz va ek.uz  manzillari orqali ko`rish mumkin. Mazkur  portal  kommunal xizmatlar ko`rsatuvchi tashkilotlar faoliyatini jamoatchilik tomonidan nazorat qilish, iste’molchilarni kommunal sohasidagi  interaktiv xizmatlar bilan ta’minlash, kommunal xizmatlar bo`yicha to`lovlarni amalga oshirishga xizmat qiladi. 

Ushbu portal fuqarolarni tezkor  ravishda kommunal sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlar va davlat organlariga murojaat berishida, shuningdek, berilgan murojaatlar bo`yicha ko`rilgan chora-tadbirlarning bajarilishini kuzatish imkonini beradi. Agar  murojaat bo`yicha ko`rilgan chora-tadbirlar portal foydalanuvchisini qoniqtirmasa, portal murojaatning tarixini ko`rish imkonini  – ya’ni murojaat tushgan kundan boshlab  ko`rilgan chora-tadbirlar natijasini nazorat organlariga taqdim eta oladi. Bundan tashqari, portalning asosiy vazifalaridan biri bu kommunal xizmatlar bo`yicha to`lovlarni o`z vaqtida onlayn tizim orqali oshirish va to`lovlar bo`yicha hisob varaqasi holatini tekshirish imkoniyatini beradi.

MY.GOV.UZ

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi “Interaktiv davlat xizmatlari ko`rsatishni hisobga olgan holda Internet tarmog`ida O`zbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini  yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 378-son Qarori ijrosi sifatida, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, (Yagona portal), yaratildi va 2013 yil 1 iyulda Internet tarmog`ida ishga tushirildi.

Ushbu axborot resursining maqsadi – foydalanuvchilar, va birinchi navbatda, tadbirkorlik sub'eklari uchun davlat xizmatlari haqidagi ma'lumotlarni olish bo`yicha keng imkoniyatlarni  yaratib berish hamda “bir darcha” tamoyili asosida davlat xizmatlarini taqdim  etishdan iborat.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali xizmatlarni Internet tarmog`i orqali taqdim  etishni o`zida mujassamlashtiradi, ya'ni, foydalanuvchi, respublikaning istalgan nuqtasidan va istalgan vaqtda, tanlagan interaktiv xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega. 

Kechagina, biz hukumat bilan o`z joyimizdan turmasdan turib muloqot qilishni tasavvur ham qila olmas edik, endilikda esa, Yagona portal, ya'ni, Internet tarmog`idagi sayt orqali, foydalanuvchi shikoyatlar, takliflar yoki boshqa murojaatlarini onlayn tarzda  jo`natishi mumkin. Bundan tashqari, Yagona portal yordamida bir tomonlama va ikkitomonlama turdagi interaktiv davlat xizmatlari hamda davlat organlari tomonidan ko`rsatiladigan tranzaksion turdagi xizmatlarni olish imkoniyati mavjud.

Hozirgi kunda Yagona portal quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi: 

  • davlat organlari va xizmatlari haqidagi ma'lumotlarni olish; 
  • davlat xizmatlarini olish uchun lozim bo`lgan murojaat va boshqa hujjatlarni  elektron shaklda to`ldirish; 
  • davlat xizmatini ko`rsatish uchun murojaat yo`llash;
  • davlat xizmatini ko`rsatish uchun yo`llangan murojaatni ko`rib chiqish jarayoni haqidagi ma'lumotlarni olish; 
  • davlat xizmatlari natijalarini olish; 
  • tadbirkorlik sub'ektlarini ro`yxatdan o`tkazish va h.k.

Bugungi kunda, 300 dan ortiq davlat muassasalari va tashkilotlari Yagona portalga ulangan va portal orqali 150 dan ortiq davlat xizmatlari ko`rsatilmoqda.

UZINFOCOM markazi davlat organlarining ma’sul xodimlari uchun  davlat boshqaruvida AKTni rivojlantirish va tadbiq etish masalalari hamda Yagona portalning quyidagi yo`nalishlari bo`yicha mutahassis maslahatlari berib keladi:

  • Davlat organlarining Yagona portal bilan o`zaro aloqadorligi, interaktiv xizmatlarni joriy etish hamda ularni Yagona portal bilan integratsiya qilish;
  • Davlat organlari tomonidan Yagona portalda taqdim  etilayotgan xizmatlar haqidagi ma'lumotlarni kiritish hamda davlat organlari haqida umumiy foydalaniladigan va bog`lanish uchun ma'lumotlarni to`ldirish;
  • Davlat organlarini Hukumat portali (www.gov.uz) bilan o`zaro bog`liqligi, hamda Hukumat portalida joylashtirish uchun taqdim etiladigan ma'lumotlar borasidagi hamkorlik;
  • UZINFOCOM markazi loyihalarida Yagona identifikasiya tizimi ID.UZ orqali ro`yxatdan o`tish masalalari.

ID.UZ

ID.UZ – Yagona identifikatsiya tizimidan  ro`yxatdan o`tgan  foydalanuvchilarni ID.UZ tizimidagi login va parolari orqali OpenID texnologiyasini qo`llab-quvvqtlovchi turli xil saytlarda va axborot resurslarida identifikatsiya qilish imkonini beruvchi xizmatdir.

Sayt egalari (tashqi tizimlar) uchun ID.UZ bu:

  • Sizning foydalanuvchilaringiz ID.UZ tizimidagi akkaunti orqali avtorizatsiyadan o`tishini ta’minlash maqsadida, tizimga erkin holatda ulanish imkoniyati;
  • Foydalanuvchilarning ro`yxatini shakllantirish, ularni ro`yxatdan o`tishini tashkillashtirish, ma’lumotlarni qayta tiklash va ularning to`g`ri ekanligini tekshirish kabi jarayonlarga vaqt va mablag’lar sarflashning kerak emasligi;
  • Xavfsizlikka qo’yilgan turli talablarni inobatga olgan holda, foydalanuvchilarni turli usullar bilan autentifikatsiya qilish;
  • Ma’lumotlarning asl ko`rinishda bo`lishiga qo`yilgan turli talablarni inobatga olgan holda, foydalanuvchilarning turli maqomlarga ega ekanligi;
  • Foydalanuvchilarning yagona identifikatorining qo`llanishi, turli ma’lumot tizimlari o`rtasida o`zaro aloqani yaratish imkonini beradi.

Foydalanuvchilar uchun ID.UZ bu:

  • Siz ko’plab saytlardan ro`yxatdan o`tishingiz va turli login va parollarni eslab qolishingiz shart emas;
  • O`z to`g`ringizdagi ma’lumotlarni bitta tizimda o’zgartirishingiz bilan, bu ma’lumotlar barcha siz foydalanayotgan tizimlarda avtomat tarzda o`zgaradi;
  • Yuqori darajadagi xavfsizlik va ishonchlilik: turli usullar bilan ma’lumotlaringizni tiklash, ma’lumotlar to`g`ri ekanligini bir necha bosqich orqali tekshirish imkoniyati, shaxsiy ma’lumotlarning
  • yagona joyda xavfsiz holatda saqlanishi, harakatlar tarixini ko’rish va tahlil qilish imkoniyati;
  • Elektron Hukumat tizimlariga, jumladan Yagona interaktiv xizmatlar portaliga krirish imkoniyatini yaratadi.

ID.UZ tizimi nafaqat UZINFOCOM Markazi loyihalariga balki OpenID texnologiyasini qo`llab quvvatlovchi barcha istalgan saytlarda avtorizatsiyadan o`tish imkonini beradi. Ular orasida:

  • Gazeta.uz
  • Soliq.uz
  • Natlib.uz
  • Lex.uz
  • va yana 100 dan ortiq saytlar bor

Qabulxona
Telefon: 238-4200
Faks: 238-4248
E-mail: info[at]uzinfocom.uz
Kontaktlar
Fuqarolar murojaati