ERP tizimlarini qayta ishlash, tashkilotlardagi boshqaruv va biznes jarayonlarini avtomatlashtirish

ERP tizimlari (Enterprise Resource Planning System) – bu kompaniya resurslarini boshqaruv tizimlaridir. Bu tizimlar kompaniyaning barcha bo`linmalarini va uning zarur funksiyalarini yagona kompyuter tizimida birlashtirish uchun joriy etiladi. Bunda u kompaniyaning bo`linmalari joriy ehtiyojlarini qondirishga xizmat ko`rsatadi.

ERP tizimi barcha bo`linmalar va vazifalar bo`yicha yagona axborotlar bazasini yuritadi, shuning uchun axborotdan foydalanish osonlashadi va eng asosiysi bo`linmalarda axborot almashish imkoniyati yaratiladi.

Tashkilotga ERP tizimini joriy etish ma`lumotlarning ishonchlilik darajasining yuqoriligini, zarur axborotni olishda tezkorlikni, barcha bo`linmalarda bir xil ma`lumotdan foydalanish imkoniyatini ta`minlaydi.  Shu bilan birga tizimda axborotni ruxsatsiz olish va chiqib ketmasligini ta’minlash ishonchli himoya darajasini qo`llash orqali amalga oshiriladi. ERP tizimida barcha asosiy va yordamchi biznes-jarayonlar avtomatlashtiriladi, shu jumladan moliyaviy hisobot va distributsiya, ishlab chiqarish va logistika, kadrlar bilan ishlash hamda mijozlar bilan o`zaro munosabatni boshqarish kabi jarayonlardir. Yaratilgan boshqaruv tizimi kompaniyaning daromad olish darajasini va uning bozordagi o`rnini oshiradi.

ERP tizimi tashkilotga yoki tashkilotlar guruhiga quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:

  • yagona axborot makonini yaratish;
  • faoliyatning asosiy ko`rsatkichlarini oshirish;
  • boshqaruv tizimini tizimlashtirish va takomillashtirish;
  • boshqaruv samaradorligini oshirish;
  • o`z faoliyati to`g`risida ma’lumotlarni olishda ishonchlilikni va tezkorlikni oshirish;
  • hisobotlarni o`z vaqtida va sifatli olishni takomillashtirish;
  • kompaniyaning asosiy biznes-jarayonlarini samaradorligini oshirish.

Katta tashkiliy tuzilmaga ega tashkilot va idoralar uchun UZINFOCOM Markazi tashkilotning ko`p sonli va tarqoq filiallarini yagona axborot  muhitiga birlashtirish imkonini beruvchi axborot tizimini yaratishni taklif etadi.

Bizning Markazimiz mutaxassislari MS SharePoint Portal Server platformasida jamoaviy axborot tizimlarini joriy etish bo`yicha loyihalarni amalga oshirib kelmoqdalar. Loyiha o`z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi:

  • Buyurtmachi-tashkilot talablarini o`rganish va tahlil qilish
  • Portalni loyihalashtirish va uning prototipini yaratish
  • Dasturiy ta’minotni o`rnatish va sozlash
  • Joriy etish va o`rgatish
  • Texnik qo`llab-quvvatlash.

Bunday axborot tizimlarini joriy etish natijasida, tashkilotda asosiy ish jarayonlaridagi samaradorlik ortib boradi.

Bugungi kunga kelib Markaz tomonidan qator axborot tizimlari ishlab chiqilgan va joriy etilgan:

“Ctrl” Davomatni nazorat qilish axborot tizimini joriy etish orqali tashkilotingizdagi xodimlarning mexnat intizomi monitoringini yuritib borish va tashkilotingizga ruxsatsiz kirishlarni cheklash kabi keng ko`lamli imkoniyatlarni yaratishingiz mumkin. Mazkur tizim hozirda UZINFOCOM markazida joriy etilgan bo`lib, boshqa tashkilotlarda ham joriy etish maqsadida sinovdan o`tkazilgan.

MS SharePoint asosida jamoaviy portal  – u tashkilotda yangi ish muhitini shakllantiradi, natijada axborotni tezkor qabul qilish va qayta ishlash, qo`yilgan vazifalarni ijrosini nazoratga olish, hujjatlarni elektron ko`rinishda kelishish, to`g`ri qarorni qabul qilish uchun kerakli hisobotlarni va tahliliy ma’lumotlarni olish imkoniyati yaratadi. Portal UZINFOCOM Markazida bir necha yil oldin joriy etilgan va uni boshqa tashkilotlarga ham o`rnatish maqsadida sinovdan o`tkazilgan.

"Aloqa" Axborot tizimlari kompleksi – uning doirasida «Telefon aloqasi», “Pochta aloqasi» va “Aloqa va ma'lumot uzatish tarmoqlarini boshqarish» tizimostilari yaratildi. Mazkur tizimlar yordamida telefon aloqasi, pochta aloqasi va aloqa tarmoqlari hamda ma’lumotlarni uzatish bo`yicha axborotlar jamlanadi va ularni foydalanuvchilarga faoliyat doirasida qo`llash, shu jumladan, bu yo`nalishlar bo`yicha asosiy ko`rsatkichlarni monitoring va tahlilini amalga oshirish imkoniyati yaratilgan. Hozirgi kunda Axborot tizimlari kompleksi “O`zbekiston pochtasi» OAJning, “O`zbektelekom» AK ва O`z TTBRMning barcha bo`linmalarida joriy etilgan.

“Mahalla» axborot tizimlari kompleksi – mahalliy o`z-o`zini boshqarish muassasalari va ular faoliyatlari to`g`risida ma’lumotlarni jamlash, qayta ishlash, tizimlashtirish va saqlash uchun “Fuqarolar yig`ini» axborot tizimi yaratildi.

EMMM axborot tizimi – EMMM markaziy apparati va filiallarida electron hujjat aylanish tizimini joriy etish.

O`zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari qo`mitasi axborot tizimini –axborot tizimining asosoiy vazifalari bo`lib ishyuritish va hujjat aylanish jarayonlarini hamda o`zaroaloqa shakllarini standartlashtirish va unifikatsiya qilish, takrorlanuvchi jarayonlarni bartaraf etish hisoblandi.

Davlat statistika qo`mitasi axborot tizimiBu loyiha doirasida 5 ta tizim ishlab chiqilgan:

  • Asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko`rsatkichlarning ma’lumotlar bazasini boshqarish bo`yich maxsus dasturlar kompleksi (ONLINE – yechim)
  • Internet tarmog`i orqali statistika hisobotlarini yig`ish tizimi (ONLINE – yechim)
  • Tashkilotlar va muassasalarining yagona davlat registrini boshqarish va firma nomlarini taqdim etish tizimi (ONLINE – yechim)
  • Elektron hujjat aylanish tizimi
  • Rasmiy veb-sayt orqali ststistik ma’lumotlarni taqdim etish bo`yicha interaktiv davlat xizmatlarini ko`rsatish bo`yicha tizim.
  • Axborot tizimlarini yaratish bo`yicha shartnoma tuzish yuzasidan quydagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin: telefon: 238-4228

Axborot xavfsizligi ekspertizasi

Axborot xavfsizligi (AX) ekspertizasi tashkilotlarning kompyuter tizimlarini kamchilik va zaifliklarini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi hamda ularning ish samaradorligini baholash va tashkilotning axborot himoyasini tahlilini tashkil etish maqsadida quidagi ishlarni amalga oshiradi:

  • tizimning mavjud meyoriy talablarga mosligini baholash;
  • xavfsizlik sohasida qabul qilinayotgan barcha yechimlarni asosli va xuquqiyligini aniqlash.

Tizimni samarali va to`g`ri ishlashini baholash axborot xavfsizligi darajasini oshirish maqsadida tashkilotlarning tashabbuslari bilan UZINFOCOM Markazi mutaxassislari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. 

Tashkilot o`z faoliyati doirasida konfidensial ma’lumotlar bilan ishlasa (xodimlar yoki mijozlar ma’lumotlari) AX ekspertizasini o`tkazish o`ta muximdir. Bu turdagi ma’lumotlarni tashqi kirishlardan himoyalash shunchaki extiyotkorlik emas, balki tashkilotning asosiy majburiyatlaridan biridir.

UZINFOCOM Markazi mutaxassislari tomonidan o`tkaziladigan AX ekspertizasi ma’lumotlar muximligi darajasi, konfidensial axborotlarni saqlash ob’ektlarining tahlili va ularni saqlash ob’yektlariga kirish yo`llarini aniqlashni; korporativ muhitda yechilayotgan masalalarni tekshirishni; operatsion tizim, tarmoq xizmatlari protokollari va himoya tizimlari analizini o`z ichiga oladi.

O`tkazilgan, tarmoq va tizim axborot xavfsizligini ekspertizasi asosida, UZINFOCOM Markazi mutaxassislari, tashkilotning axborot resurslari himoyasini kerakli darajaga oshirish imkoniyatini beruvchi tavsiyalar beradilar. 

AX ekspertizasi quyidagi bosqichlardan iborat:

  • ishchi stansiyalarni tashqi nazorati;
  • serverlarni tashqi nazorati;
  • ishchi stansiyalar va serverlarni local tarmoq doirasida zaifliklar mavjudligiga maxsus dasturiy ta’minot bilan skanerlash;
  • mavjud veb-saytlarni zaifliklar mavjudligiga avtomatlashtirilgan dasturiy ta’minot bilan skanerlash va standart qo`losti vositalari yordamida tekshirish;
  • o`rganilayotgan axborot tizimi joylashgan hududda mavjud jismoniy himoyaning tahlili;
  • mavjud ichki meyoriy xujjatlarnining taxlili, xususan axborot himoyasi doirasida;
  • tashkilotdagi javobgar shaxslarni so`rovdan o`tkazish;
  • ommaviy resurslarni va tarmoqda aylanayotgan ma’lumotlarning tahlili.

Axborot xavfsizligi ekspertizasini o`tkazishga shartnoma tuzish bilan bog`liq savollar bilan UZINFOCOM Markazining quyidagi telefonlariga bog`langan holda javob olishingiz mumkin: 238-42-41, 238-42-42.

«Ctrl» Davomatni nazorat qilish axborot tizimi

Bugungi kunda tashkilotlar o`z xodimlari davomati va intizomini ob’ektiv baholashda bir qator muammolariga duch kelmoqdalar. Yirik tashkilotlarda xodimlarning ish vaqtini kuzatib borishni texnik vositalarsiz amalga oshirishning deyarli iloji yo`q. Bundan tashqari, yirik tashkilotlarda turli xil ob’ektlarga kirish-chiqish huquqi nazoratini axborot-kommunikatsiya texnologilarni joriy etmay turib, qator muammolarni jumladan xavfsizlik bilan bog`liq muammolarni hal etish imkoni yoq. UZINFOCOM Markazi tomonidan yaratilgan «Ctrl» tizimini joriy etish orqali tashkilotingizdagi xodimlarning mexnat intizomi monitoringini yuritib borish va tashkilotingizga ruxsatsiz kirishlarni cheklash kabi keng ko`lamli imkoniyatlarni yaratishingiz mumkin. Shu bilan bir qatorda, mazkur tizim joriy etilgandan so`ng, texnik tomonlama uni qo`llab-quvvatlashga harajatlar minimalligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, ushbu tizim avtomatlashgan tarzda xodimlarning davomatini juda aniqlik bilan qayd qilib borib, ularni turli ob’ektlarga kirib chiqishini ham nazorat qiladi. Mazkur tizim hozirda UZINFOCOM markazida joriy etilgan bo`lib, boshqa tashkilotlarda ham joriy etish maqsadida sinovdan o`tkazilgan. 

«Ctrl» tizimini ishlash tamoyili shundan iboratki, bunda zaruriy joyga nazorat nuqtasi (NN) o`rnatilib, shu nuqtadan ID-kartani (RFID tizimida ishlovchi) o`tkazish yo`li orqali kirish yoki chiqish amalga oshiriladi.

NNlarning funksional ahamiyati qo`yiladigan talablarga ko`ra turlicha bo`lishi mumkin. Bu faqatgina NNdan o`tganlikni qayd etish yoki NNdan o`tganlikni belgilash va nazorat qilish bo`lishi mumkin.

Har bir NNsi orqali qayd etilgan faktlar yagona bazada to`planib boriladi. Keyinchalik xodimlarning kirish-chiqishinii ko`rib borish uchun ularni avval ma’lumotlar bazasiga kiritish va ularning ID-kartalarini kirish ruxsati nishoni tarzida belgilab qo`yish kerak.

Tizim tog`risida to`liq ma'lumot

MS SharePoint asosidagi jamoaviy portal va elektron hujjat aylanishi tizimi

Hozirgi kunda faoliyatni yaxshilash uchun faqatgina ko`p miqdordagi axborotga ega bo`lish kamlik qiladi.

Ko`p miqdordagi turli xil ma’lumotlar (huquqiy hujjatlar, tahlillar, shartnomalar, hisobotlar, ish davomidagi yozishmalar va h.k) mazkur jarayonni faqatgina sekinlashtirishi mumkin.
Ma’lumotlarni qayta ishlash jarayoni optimallashtirilmasa, xodimlar kerakli ma’lumotlar bilan ishlashdan ko`ra ularni izlashga ko`p vaqt sarflaydilar.

Bu muammoni yechishda korporativ portal yordam beradi. U web texnologiyasi yordamida yaratiladigan tizim bo`lib, tashkilot faoliyatiga uzviy bog`langan va uning resurslarini boshqarish imkonini beruvchi axborot tizimini aks ettiradi.

Korporativ portalni joriy etish quyidagi vazifalarga yechim topish imkonini beradi:

  • Turli axborot manbalariga kirishga ruxsat berish orqali xodimlar mehnati samaradorligini oshirish;
  • Tizimga kirishga ruxsatni chegaralash orqali hujjatlar bilan ishlashda hamkorlikni ta’minlash;
  • Tashkilotlarning biznes jarayonlarini avtomatlashtirish va turli xil ilovalarini korxonaning yagona axborot muhitiga birlashtirish,  Microsoft Office System, biznez-tahlil va loyihalarni boshqarish, shuningdek mavjud sohaga oid tizimlar, xususan ixtisoslashgan dasturiy ta’minot kabi qator tizimlarga bir nuqtadan kirish imkoniyatini yaratish;
  • Tashkilotning axborot xizmatlariga kirishlarini markazlashtirilishi, ularni qo`llab-quvvatlash va modernizatsiyalashning osonlashtirilishi hisobiga kompaniya xarajatlarining kamayishi;
  • AT xizmatlarini yanada rivojlanishi va tashkilotlarning biznes jarayonlarini avtomatlashtirish uchun yagona platforma yaratish.

Tashkilotni boshqarishni kompleks avtomashlashtirish bo`yicha UZINFOCOM Markazi ichki korporativ portalni joriy etishni taklif etadi. Ushbu portal tashkilotda yangi ish muhitini shakllantiradi, natijada axborotni tezkor qabul qilish va qayta ishlash, qo`yilgan vazifalarni ijrosini nazoratga olish, hujjatlarni elektron ko`rinishda kelishish, to`g`ri qarorni qabul qilish uchun kerakli hisobotlarni va tahliliy ma’lumotlarni olish imkoniyati yaratadi. Bu tizim doirasida quyidagi asosiy jarayonlarni avtomatlashtirish Mazkur tizim doirasida quyidagi asosiy jarayonlarni avtomatlashtirish amalga oshiriladi:

  • EDO ichki elektron hujjat aylanishi tizimi;
  • Ijro intizomi monitoringi va boshqaruvi;
  • Xodimlar masalalari bo`yicha ish yuritish;
  • Barcha yoki alohida bo`lim va bo`linmalar ishini yuritish;
  • Buxgalteriya va boshqa statistik hisobotlarni yuritish;
  • Tashkilot faoliyati bo`yich ma’lumotlar bazasini va markazlashgan reestreni yuritish (bazasi, hisobot shakllari, turli blankalar, kontaktlarning ma’lumotlar banki, tashkilotlar va xodimlar reestri va h.z)

Mazkur tizim UZINFOCOM Markazida bir nacha yil avval joriy etilgan va to`liq sinovdan o`tkazilgan. Elektron hujjat aylanish tizimi muntazam ravishda yangilanib hamda uning funksional imkoniyatlari kengaytirib borilmoqda.

Billing tizimi

Taqdim etilayotgan xizmatlarni iste’mol qilinish hisobini yurituvchi qulay tizim.

Tizimda qulay tarif rejalarini yaratish uchun kerakli asboblar majmuasi taqdim etilgan.

Tizim bo`limlar orasida bitta tizim doirasida vazifalarni taqsimlash imkoniyatini beradi (texnik xizmat, abonent bo`limi, hisob-kitob bo`limi).

Foydalanuvchining har bir harakati tizimda batafsil qayd etiladi.

Mijozlar o`z shaxsiy kabinetlariga kirish huquqiga egalar. U yerda mijozlar buyurtmalar holatini va hisoblaridan mablag`lar yechilish jarayonini nazorat qilib borishlari mumkin.

Foydalanuvchining shaxsiy kabineti abonent bo`limini taqdim etilayotgan xizmatlar holati bo`yicha ma’lumotnomalar berish vazifasidan ozod qiladi. Foydalanuvchi o`z xizmatlarini o`zi nazorat qilib boradi.

Tizimning ochiqligi (barcha narsa foydalanuvchining ko`z o`ngida)

Hisobotlarni chiqarishda xilma-xillik (moliyaviy hisobotlar, ko`rsatilgan xizmatlarning xajmi bo`yicha hisobotlar).

ID.uz tizimi bilan integratsiyaga ega ekanligi (ko`rsatiladigan xizmatlar uchun shartnomalar tuzish jarayonini yengillashtirish imkonini beradi).

Pasport ma’lumotlarini verifikatsiya jarayoni ID.uz tizimiga yuklangan (siz faqat foydalanuvchilarning tekshirilgan ro`yxatini olasiz).

To`lov tizimlari bilan integratsiya qilish imkoniyati (to`lovlarni onlayn qabul qilish).

Tizim quyidagi turdagi korxonalar uchun qulay bo`ladi: Internet provayderlar, Xosting provayderlar, kabelli televideniya, shuningdek mijozlar bilan onlayn usulda ishlaydigan istalgan kompaniyalar.


Qabulxona
Telefon: 238-4200
Faks: 238-4248
E-mail: info[at]uzinfocom.uz
Kontaktlar
Fuqarolar murojaati