Markaz faoliyati

Kompyuter vа аxborot texnologiyalаrini rivojlаntirish hаmdа joriy etish Mаrkаzi UZINFOCOM – davlat unitar korxonasi, аxborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, kompyuter texnikasi va telekommunikasiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etish hamda ulardan foydalanish, fuqarolarning axborotga ortib borayotgan talab- ehtiyojlarini yanada to`liqroq qondirish, jahon axborot hamjamiyatiga kirish hamda jahon axborot resurslaridan bahramand bo`lishni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 30 may 2002 yildagi №3080- son Farmoniga asosan tashkil topgan. UZINFOCOM Markazi O`zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tаshkiliy tuzilmаsiga kiruvchi korxona hisoblаnаdi.

UZINFOCOM Mаrkаzining oldigа kompyuterlаshtirishni rivojlаntirish vа АKTni iqtisodiyotning bаrchа tаrmoqlаri, boshqаruv vа ijtimoiy sohаlаrgа joriy etish bo`yichа milliy dаsturning strаtegik yo`nаlishlаrini ishlаb chiqish vа аmаlgа oshirish, O`zbekiston аholisining аxborotgа bo`lgаn ehtiyojini qondirish vа uning jаhon аxborot hаmjаmiyatigа kirishidа yordаm ko`rsаtish bo`yichа vаzifаlаr qo`yilgаn.

UZINFOCOM Mаrkаzi boshqаruv orgаnlаri, byudjet tаshkilotlаri vа xususiy biznes vаkillаrigа kompyuterlаshtirish vа аxborot texnologiyalаrini joriy etish bo`yichа keng ko`lаmli аxborot, servis vа konsаlting xizmаtlаrini ko`rsаtаdi. Bular:

  • Elektron hukumatni rivojlantirish va joriy etish masalalari;
  • Ta’lim sohasida AKTni  joriy etish;
  • Internetning  milliy segmentini rivojlantirish;
  • To`laqonli ERP va CRM tizimlarini yaratish, tashkilotlarning boshqaruv va bizness jarayonlarini avtomatlashtirish.

UZINFOCOM Mаrkаzining o`z oldigа qo`yilgan vаzifаlаrni tezkor yechimini topishiga nafaqat yetаrli dаrаjаdа moddiy-texnikа bаzаning mavjudligi, balki yuqori potensialga ega yosh vа istiqbolli mutаxаssislаrning faoliyat ko`rsatishi, ularning  ishga o`zgacha yondashishlari va umumiy ish uchun qo`ligan kelgancha xizmat qilishilari ham sababdir.

UZINFOCOM Mаrkаzi, Markaz tomondan ishlab chiqilgan texnik yechimlar asosida faoliyat yuritayotgan kompaniyalar, muassasalar, davlat idoralari va korxonalarining  ishonchini qadrlaydi va imkon qadar mavjud tizimlarning unumdorligini oshirishiga va himoyalashga harakat qiladi. Biz bilan birga siz o`z korxonangizni IT-tizimini yaratishingiz va rivojlantirishingiz mumkin.

UZINFOCOM Markazi tarixi

UZINFOCOM Markazi tashkil etilganidan buyon bir qancha voqealar sodir bo`ldi: yangi loyihalar yaratildi, ular modifikatsiya qilindi, yangi guruhlarni shakllantirib, eskilari tarqatib yuborildi. 

Quyida, Markaz faoliyatida davomida yuz bergan asosiy va ahamiyatli voqealar xronologik tartibda keltirilgan.

2003 yil 27 mart Internet domen nomlari va manzillarini tayinlovchi Korporatsiya (ICANN) bilan ccTLD ga xomiylik qilish yuzasidan tuzilgan kelishuvga asosan UZINFOСOM Markazi O`zbekistondagi yuqori darajali domenlar ma'muri hisoblanadi.

2005 yil 8 iyul UZINFOCOM Markazi tomonidan Milliy axborot-qidiruv tizimi hamda hukumat axborot resurslarini yaratish bo`yicha keng qamrovli ishlar boshlab yuborildi.

2005 yil 5 sentabr  O`zbekiston kompyuter hodisalariga chora ko`rish guruhi(UZ-CERT) UZINFOCOM Markazi qoshida tashkil etildi.

2005 yil 28 sentabr Asosiy vazifasi Mamlakatimizdagi maktab o`qivchilari, litsey, kolledj va oliy muassasalari talabalarining ta'limga oid axborotlarga bo`lgan ehtiyojini qondirish maqsadida tegishli qulayliklarni yaratib berish hamda milliy internet segmentida yoshlarbop ta'lim resurslarni rivojlantirishdan iborat bo`lgan ZiyoNET axborot resurs markazi UZINFOCOM Markazi qoshida tashkil topdi.

2006 yil 20 oktabr Open ID identifikatsiya tizimini qo`llab-quvvatlovchi barcha serveslarga yagona ro`yxatdan o`tish orqali kirish huquqini beruvchi ID.UZ yagona identifikatsiya tizimi ishga tushurildi.

2007 yil 17 dekabr UZINFOCOM Markazi qoshidagi O`zbekiston hukumat portalining axborot kuzatuvi hamda tuzim ma’muriyati GOV.UZ "O`zbekiston Respublikasining hukumat portalini axborot bilan ta’minlash va uni rivojlantirish guruhi"ga aylandi.

2009 yil 31 mart (DC.UZ) Data markazi ishga tushirildi. O`sha vaqtda UZINFOCOM DM veb-xosting va co-location xizmatlarini ko`rsatardi.

2009 yil 28 sentabr O`zida turli yo`nalishlardagi va katta hajmdagi intervyu va seminarlar, videoma’ruza va videodarsliklarni mujassamlashtiruvchi. uTube.uz ta’lim videoportali ZiyoNET axborot-ta’lim tarmog‘i doirasida ishga tushirildi.

2010 yil 12 may Joylardagi davlat hokimiyati organlari qoshidagi kompyuterlashtirish markazlariga ko`maklashish guruhi tashkil etildi.

2010 yil 24 mart O`zbekistonda o`tkazilayotgan ta’lim, fan va jamoa tadbirlari, grantlari va stipendiyalari va h.k haqidagi ma'lumotlar beruvchi Tanlov.uz  resursi ZiyoNET axborot-ta’lim tarmog‘i doirasida ishga tushirildi.

2010 yil 25 iyun Ta’lim, madaniyat, informatika, jamiyat kabi turli yo`nalishlarda o`zaro fikrlari bilan o`rtoqlashish, o`z fikr-mulohazasini bildirish hamda tajriba almashish imkoniyatini bervchi Fikr.uz ta’lim resursi ZiyoNET axborot-ta’lim tarmog‘i doirasida ishga tushirildi.

2010 yil 11 avgust Foydalanuvchiga bir joydan va qulay hajmda barcha qiziqarli ma’lumotlarni olish imkoniyatini beruvchi shaxsiy axborot makoni Desk.uz axborot boshqaruv xizmati ishga tushirildi.

2011 yil 1 fevral mobil telefon foydalanuvchilarini turli xil kompaniya va tashkilostlar xizmatlari va serveslari bilan aloqasini qo`llab-quvvatlovchi SMSG.UZ SMS-platformasi UZINFOCOM Markazida tomonidan ishga tushirildi.

2012 yil 19 mart UJKX sohasida “Bitta darcha” tamoyili asosida kommunal xizmatlari tomonidan xizmatlarni interaktiv tarzda ko`rsatishga ta'linlab beruvchi e-Kommunal.uz - uy-joy fondi va kommunal xo`jaligi portali ishga tushirildi.

2013 yil yanvar UZINFOCOM Markazi va Global Solutions kompaniyasi hamkorligida e-kommunal.uz uy-joy fondi va kommunal xo`jaligi loyihasi doirasida Android operatsion tizimi uchun “Yordam” mobil dasturi yaratildi. Ushbu mobil dastur murojaatlarni matn, rasm va murojaat ob'ektini xaritada bergilagan holda operativ tarzda yuborish imkoniyatini beradi.

2013 yil 11 aprel  ID.UZ yagona avtorizatsiya tizimi, milliy internet tarmog'i segmentidagi saytlar uchun Yagona identifikatsiya va audentifikatsiya markazi vazifasi hamda UZINFOCOM Markazining loyihalari hamda xizmatlariga kirish huquqini beruvchi yagona identifikatsiyaning markaziga aylantirildi.

2013 yil 14 may O`zbek tilidagi ko`rinishda, TAS-IX hududida va himoyalangan xostingda joylashgan, 3 xil interfeysdagi uMail.uz bepul elektron pochta xizmati ish tushirildi.

2013 yil 1 iyul Yagona interaktiv davlat portali My.gov.uz ishga tushurildi 

Bizning erishgan yutuq va mukofotlarimiz

UZINFOCOM Markazi o`zining asosiy funksional vazifalaridan tashqari turli ijtimoiy tadbirlar va sport musoboqalarida faol qatnashib keladi. Bular jumlasiga: .UZ domen hududining an'anaviy yillik Internet festivali, NGU Mediakonferentsiyasi, «Ta'lim va taraqqayot», «ICTExpo» va «BestSoft» ko`rgazmalari va h.k. keltirish o`tish mumkin. Bundan tashqari, Markaz loyihalari doimiy ravishda turli tanlov va reytinglarda, xodimlari esa sparktakiada va estafetalarda ishtirok etib kelishadi

Mukofot

Loyiha

Qo`lga kiritilgan
vaqt
Domen .UZ milliy internet-festivali
Davlat boshqaruvining eng yaxshi veb-sayti (II o`rin) GOV.UZ 2007
Yil kashfiyoti (III o`rin) uForum.uz 2007
Davlat boshqaruvining eng yaxshi veb-sayti (II o`rin) GOV.UZ 2009
Fan va ta'lim sohasida eng yaxshi veb-sayt (III o`rin) ZiyoNET.uz 2009
Davlat boshqaruvining eng yaxshi veb-sayti (I o`rin) GOV.UZ 2010
Web 1.0 toifasidagi tarmoq xizmatining  sohasidagi eng yaxshi veb-sayt (II o`rin) WWW.UZ 2010
Davlat boshqaruvining eng yaxshi veb-sayti (I o`rin)  GOV.UZ 2010
Yoshlar uchun eng yaxshi sayt (I o`rin) Fikr.uz 2011
Fan va ta'lim sohasida eng yaxshi sayt (I o`rin) ZiyoNET 2011
Fan va ta'lim sohasida eng yaxshi sayt (II o`rin) uTube.uz 2011
WWW.UZ fikricha Davlat boshqaruvining eng yaxshi veb-sayti (I o`rin) GOV.UZ 2011
Fan va ta'lim sohasida eng yaxshi sayt (III o`rin) Fikr.uz 2012
Tarmoq xizmatlari sohasidagida eng yaxshi veb-sayt (I o`rin) e-kommunal.uz 2013
Fan va ta'lim sohasida eng yaxshi sayt (II o`rin) ID.UZ 2013
Fan va ta'lim sohasida eng yaxshi sayt (II o`rin) ZiyoNET.uz 2013
Davlat hokimiyati hamda davlat boshqaruv oraganing eng yaxshi sayti (III o`rin) My.gov.uz 2013
Mukofot

Qo'lga kiritilgan vaqt
O`zMU jurnalistika fakultetining har yil bo`lib o`tadigan media-konferensiyasi 
«Eng yaxshi hamkor» nominatsiyasida sertifikat 2010
«Eng yaxshi blog» nominatsiyasida sertifikat 2011
«Eng yaxshi ta'lim tarmog’i» nominatsiyasida sertifikat 2011
«Yil professionali» nominatsiyasida sertifikat 2012
Ko`rgazmalar
ICT haftalik tadbirida qo`shgan salmoqli hissasi uchun tashakkur diplomi 2008
«BestSoftUzbekistan» ko`rgazmasida «Eng yaxshi loyiha» nomitsayasida diplom 2009
«ICTExpo» ko`rgazmasida«Integratsion tizimning innavatsion qarorlari» nomitsayasida diplom 2009
«ICTExpo» ko`rgazmasida «Axborot vositalari bilan bezatilgan eng yaxshi stend» nomitsayasida diplom 2011
«ICTExpo» ko`rgazmasida «Tomoshabinlar e'tiborini jalb etish» nominatsiyasida diplom 2012
«Ta'lim va karyera  2014» ko`rgazmasida «Yilning eng yaxshi ta'lim tizimi» nominatsiyasidagi diplom 2014
Sport mukofotlari
Aloqa va axborotlashtirish sohasidagi xodimlar o`rtasidagi bo`lib o`tgan sport musobaqasida “Zaruriy sharoitni yaratib bergan eng yaxshi tashkilotchi” nominatsiyasida diplom. (III o`rin) 2007
Aloqa va axborotlashtirish sohasi xodimlari o`rtasida bo`lib o`tgan «Oila yili» ga bag’ishlangan oilaviy estafetada sharafli 1-o`rin sovrindori 2008
Aloqa va axborotlashtirish sohasi xodimlari o`rtasida bo`lib o`tgan ““Sog’lom ona- sog’lom bola” shiori ostidagi Ayollar ko`pkurashi” da diplom (II o`rin) 2009
Aloqa va axborotlashtirish sohasi xodimlari o`rtasida bo`lib o`tgan «Komanda ko`pkurashi»  nominatsiyasida diplom. (II o`rin) 2010
“Sog’lom ona - sog’lom bola” shiori ostidagi soha tadbirida  stol tennisida 1-o`rin, shaxmatda 2-o`rin, shashka o`yinida 3-o`rinlar qo`lga kiritildi. 2014

Nima uchun aynan bizni tanlashadi?

O`zimizda-ku bunday savol tug'ilmaydi. Ammo, ba'zida bizga shu savolni berishadi. Bizning javobimiz: Biz hammadan zo`rmiz.
Bu ishonch, bizning xizmatlar yoki loyihalarning (GOV.UZ Hukumat portali, my.gov.uz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, .UZ domen hududi Ma'murligi) raqobatchilari yo`qligidan emas. Balki, raqobatli yo`nalishlarda bo`lmish xosting xizmati, sayt yaratish, saytlar reytingini aniqlash, elektron hujjat almashinuvi joriy etish, davomatni nazorat qilish tizimini joriy qilish, bloglar yuritish, elektron kutubxona tashkil etish, videoxosting xizmati va elektron pochta serveslarini bo`yicha ham yetakchilardanmiz.

Bizni yana quyidagi ustunliklarimiz uchun tanlashadi:

  • Biz, ahil, kreativ, faol va tashabbuskormiz.
  • Biz, oshkoralik va ochiqlikni tanlab, har qanday taklif va tanqidlarani, fikr va mulohazalarni (Forum, ijtimoiy saytlar va korporativ bloglarda) ko`rib chiqisha tayyormiz.
  • Biz mashhurmiz: doimiy ravishda qiziqarli yangiliklar nashr qilib, qiziqarli ma'ruzalar bilan sammitlarda hamda original aktsiya va tanlovlar bilan ko`rgazma va forumlarda ishtirok etamiz.
  • Biz, bir joyda to`htab qolmay doimiy izlanishdamiz va o`z ishimizda doimo AKT dagi eng yangi texnologiyalardan foydalanamiz.
  • Bizda o`z ishining haqiqiy professionallari ishlaydi.
  • Bizda haqiqatdan ham hayrihoh ishchi muhit yo`lga qo`yilgan bo`lib, buni bizning raqabotchilarimiz ham doimo alohida takidlashadi.
  • Eng asosiy, biz kamtar jamoamiz. Shunchaki bizning loyihalarimiz va xizmatlarimizdan foydalangan holda biz bilan birga bo`ling. 


Bizga murojaat eting, Siz bilan hamkorlik qilishga tayyormiz va bundan faqatgina xursand bo`lamiz.

Hamkorlar

Dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar kompaniyasi
Meyoriy hujjatlar bilan ishlash bo`yicha Ilmiy-texnik va marketing  tadqiqot Markazi 
www.unicon.uz
Turli platformalarda mobil dasturlarni yarash bo`yicha hamkor Global solutions kompaniyasi
www.globalsolutions.uz
Jihozlar va dasturlar  bilan ta'minlash hamda konsalting xizmatlari va AT xulosalari bo`yicha hamkor “Sharifa.Com”kompaniyasi 
www.sharifa.com
Dasturlar ishlab chiqish bo`yicha hamkor BePro dasturchilar Markazi 
www.bepro.uz
Mobil banking xizmati
www.mbank.uz
   

 Xalqaro va Xorijiy tashkilotlar

AKT tarmoqlarini qo`llab-quvvatlash Milliy Agentligi (NIPA)
www.nipa.kr
Axborot jamiyatini rivojlantiruvchi Koreys Instituti (KISDI) 
www.kisdi.re.kr
Dasturlarni rivojlantiruvchi BMT
www.undp.uz
Microsoft
www.microsoft.com
Fujitsu kompaniyasi
www.fujitsu.com
Intel
www.intel.com
IBM 
www.ibm.com
Hewlett-Packard
www.hp.com
IceWarp kompaniyasi
www.icewarp.com
   

  

 


Qabulxona
Telefon: 238-4200
Faks: 238-4248
E-mail: info[at]uzinfocom.uz
Kontaktlar
Fuqarolar murojaati