Python-dasturchi
Условия работы
Vazifalar:
- Xizmatlararo aloqa uchun ichki va ochiq (public) API’larni ishlab chiqish;
- Tizim arxitekturasini shakllantirishda qatnashish;
- Unit va integratsion testlarni yozish;
- Kod tahlilida (Code review) ishtirok etish;
- Ishlab chiqilayotgan va tatbiq etilayotgan yechimlar bo‘yicha texnik hujjatlarni yuritish;
- Loyihada kod uslubi bir xilligini saqlagan holda, mavjud talablarga mos kod yozish;
- Yangi xizmatlarni yaratish va mavjudlarini takomillashtirish;
- Yuzaga kelgan texnik nosozliklarni tezkor bartaraf etish;
- O‘z ustida ishlash va tajriba almashishga ochiq bo‘lish.
Talablar:
- Python va uning standart kutubxonasini mukammal bilish;
- Ma’lumotlar bazalari bilan ishlash tajribasi (SQL, PostgreSQL, MySQL, MongoDB);
- Ishlab chiqish uchun zaruriy vosita va kutubxonalarni bilish (Pandas, Requests, BeautifulSoup);
- Versiyalarni boshqarish tizimlari bilan ishlash tajribasi (Git);
- RESTful API va veb-xizmatlar bilan ishlash ko‘nikmalari;
- Testlash tamoyillarini tushunish va testlar yozish tajribasi (PyTest, Unittest).
Biz nima taklif etamiz:
- Ish jadvali: haftasiga 5 kun, soat 09:00 dan 18:00 gacha;
- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga asosan rasmiylashtirish, 28 kalendar kunlik mehnat ta’tili;
- Qat’iy dress-kodning yo‘qligi — biz davlat tashkilotlari haqidagi stereotiplarni sindirishga intilamiz;
- Bilim va tajriba ulashishga tayyor kuchli professionallar jamoasi;
- Aholi turmush sifatini oshirish va mamlakatning yetakchi korxonalarida biznes-jarayonlarni optimallashtirishga qaratilgan yirik loyihalarda ishtirok etish;
- Mustaqil qarorlar qabul qilish va kompaniya rivojiga faol hissa qo‘shish uchun keng imkoniyatlar.
Заинтересованы в вакансии?
Перед откликом на вакансию, обязательно ознакомьтесь с обязанностями и условиями работы