UX/UI Dizayner
Условия работы
Majburiyatlar:
-
Veb-ilovalar, mobil ilovalar va boshqa raqamli mahsulotlar uchun foydalanuvchi interfeyslarini ishlab chiqish.
-
UI/UX dizaynining eng yaxshi amaliyotlarini hisobga olgan holda va qulaylik (accessibility) standartlariga rioya qilgan holda foydalanuvchi interfeyslarini yaratish.
-
Foydalanuvchi tajribasini (user experience) sinovdan o'tkazish uchun interaktiv prototiplarni loyihalash.
-
Foydalanuvchi tadqiqotlarini o'tkazish, qayta aloqani (feedback) tahlil qilish va interfeyslarni yaxshilash uchun talablarni yig'ish.
-
Taqdimotlar (prezentatsiyalar) yaratish va grafik dizaynerga yordam ko'rsatish.
-
Interfeyslarning tashqi ko'rinishi va ishlashida bir xillikni ta'minlash uchun dizayn tizimi yoki stil qo'llanmasini (style guide) ishlab chiqish.
-
Dizayn konsepsiyalarining texnik jihatdan amalga oshirilishini ta'minlash uchun dasturlash jamoasi bilan hamkorlik qilish.
Talablar:
-
Veb-dizayner sifatida kamida 2 yillik ish tajribasi;
-
Figma yoki Adobe XD dasturlarini yuqori darajada (100%) bilish;
-
Photoshop, Illustrator, CorelDRAW va shu kabi grafik muharrirlar bilan ishlash qobiliyati.
Bizlar nima taklif etamiz:
-
HRM, LMS, PIMA kabi noyob tuzilishga ega bo'lgan davlat miqyosidagi yirik va qiziqarli loyihalar;
-
Turli xil timbildinglar;
-
O'zbekiston bo'ylab va xorijga xizmat safarlari;
-
Sizning yo'nalishingiz bo'yicha kurslar to'lovini qoplash orqali malaka oshirish imkoniyati;
-
Shahar markazida barcha qulayliklarga ega ofis.
Заинтересованы в вакансии?
Перед откликом на вакансию, обязательно ознакомьтесь с обязанностями и условиями работы