Afg‘oniston Kommunikatsiyalar va ахbоrоt texnologiyalari vaziri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Mehmonlarga O‘zbekiston IT-sohasidagi islohotlar, muhim loyihalar va rivojlanish rejalari haqida batafsil ma’lumot taqdim etildi.

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov bilan uchrashuvda raqamli infratuzilmani rivojlantirish va innovatsiyalar uchun qulay muhit yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Tashrif dasturi doirasida delegatsiya UZINFOCOM ko‘rgazma zaliga tashrif buyurdi. Mehmanlarga kompaniyaning O‘zbekistonda raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan asosiy loyihalari namoyish etildi.
