Harweel Integrated kompaniyasi bosh direktori Kaleem Mohamed Saleem Toshkent Xalqaro Investitsiya Forumi doirasidagi tashrifi chog‘ida Yagona Integrator UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Raqamli texnologiyalar vazirligi va Yagona integrator UZINFOCOM bo‘ylab taqdimot hamda ekskursiya tashkil etildi. Delegatsiya O‘zbekistonda AKT sohasida amalga oshirilayotgan infratuzilma va so‘nggi innovatsiyalar bilan yaqindan tanishdi.