UZINFOCOM’ning Sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish bo‘yicha direktori Ruslan Sultanov
4-8 avgust kunlari Yaponiyaning Yokohama shahrida o‘tkazilgan "Sun’iy intellekt: sog‘liqni saqlashda qo‘llash" mavzusidagi xalqaro anjumanda ishtirok etdi.
Osiyo Taraqqiyot Banki, ADBI, JICA va ICDF hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbir diagnostika, teletibbiyot, sug‘urta, sog‘liqni saqlash va jamoat salomatligini boshqarish sohalarida sun’iy intellektdan foydalanish, shuningdek, axloqiy me’yorlar, foydalanish imkoniyatlari va xavfsizlik masalalariga bag‘ishlandi.
Boshqa ishtirokchilar qatori UZINFOCOM ham O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish va sun’iy intellekt sohasidagi yechimlar bo‘yicha mamlakatimiz tajribasini taqdim etdi. OTB vakillari UZINFOCOM tashabbuslariga qiziqish bildirib, hamkorlikka, jumladan, moliyalashtirish imkoniyatlari va qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha tayyorliklarini ma’lum qildilar.