1C Tahlilchisi
Условия работы
Vazifalar:
-
Foydalanuvchilarga korporativ hujjat aylanishi tizimidan (UDOCS) foydalanish bo‘yicha maslahat berish va texnik yordam ko‘rsatish;
-
Hujjat almashinuvi axborot tizimlarini (Didox, Soliqservis va boshqalar) kuzatib borish va ekspluatatsiya qilishda ishtirok etish;
-
Kompaniyaning mavjud biznes-jarayonlarini tavsiflash, tahlil qilish va modellashtirishda faol qatnashish;
-
Ish jarayonlarini vizualizatsiya qilish: keyingi optimallashtirish uchun ularni tushunarli va mantiqiy sxemalarga aylantirish;
-
Kundalik faoliyatda 1C konfiguratsiyalari bo‘yicha bilimlarni qo‘llash (asosiy foydalanuvchi, konsultant yoki tahlilchi rolida).
Talablar:
-
Ish tajribasi: 1C bilan ishlash bo‘yicha kamida 2 yillik tajriba (tahlilchi, foydalanuvchi yoki konsultant sifatida). "1C:Buxgalteriya" yoki boshqa namunaviy yechimlar bilan ishlash tajribasi;
-
Hujjat aylanishi tizimlari: Elektron hujjat almashinuvi tizimlari (Didox, Soliqservis va h.k.) bilan ishlash ko‘nikmalari;
-
Modellashtirish: Biznes-jarayonlarni tavsiflash va modellashtirish qobiliyati (ish jarayonlarini tahlil qilish va intuitiv tushunarli sxemalar ko‘rinishida ifodalash);
-
Muloqot ko‘nikmalari: Savodli og‘zaki va yozma nutq, buyurtmachilar va jamoa bilan samarali ishlay olish;
-
Til bilish darajasi: Rus va O‘zbek tillarini mukammal bilish (C1 daraja);
-
Ma'lumot: Oliy ma'lumot (Iqtisodiyot yoki Menejment yo‘nalishi afzal ko‘riladi);
-
Kompyuter savodxonligi: MS Office (Excel, PowerPoint) dasturlarida erkin ishlash;
-
Qo‘shimcha afzalliklar: Axborot tizimlarini testlash va texnik hujjatlarni tayyorlash tajribasi;
-
Tahlil va vizualizatsiya: Ma'lumotlarni tahlil qilish, qonuniyatlarni aniqlash hamda vizualizatsiya vositalari (sxemalar, taqdimotlar) bilan ishlash qobiliyati.
Bizlar nima taklif etamiz:
-
Ish tartibi: haftada 5 kun, 09:00 dan 18:00 gacha;
-
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish, 28 kalendar kunlik mehnat ta’tili;
-
Qat'iy dress-kod mavjud emas — biz davlat tashkilotlari haqidagi stereotiplarni sindirishga intilamiz;
-
Bilim va tajriba almashishga tayyor kuchli mutaxassislar jamoasi;
-
Aholi turmush tarzini yaxshilash va mamlakatning yetakchi korxonalarida biznes jarayonlarini optimallashtirishga qaratilgan yirik va ahamiyatli loyihalarda ishtirok etish;
-
Mustaqil qaror qabul qilish va kompaniya rivojiga faol hissa qo‘shish uchun keng imkoniyatlar.
Заинтересованы в вакансии?
Перед откликом на вакансию, обязательно ознакомьтесь с обязанностями и условиями работы