Biznes-tahlilchi (Sog‘liqni saqlash loyihasi)
Условия работы
UZINFOCOM sog‘liqni saqlash sohasidagi yirik loyiha uchun mutaxassislarni qidirmoqda.
Vazifalar:
-
FHIR asosida ma'lum bir servisni uning tuzilmasi, resurslari, jarayonlari va texnik loyiha talablari asosida amalga oshirish;
-
Servis jarayonlari va tuzilmalarini tahlil qilish, foydalanilayotgan resurslar va ularning o‘zaro aloqasini o‘rganish;
-
Asosiy FHIR resurslarini, ularning o‘zaro bog‘liqligi va ehtimoliy kengaytmalari aniqlash;
-
Joriy biznes-jarayonlarni va servis joriy etilishi bilan bog‘liq kelajakdagi o‘zgarishlarni tavsiflash;
-
Jarayonlarni BPMN diagrammalari yordamida vizualizatsiya qilish;
-
Texnik loyiha uchun talablarni ishlab chiqish;
-
Asosiy manfaatdor tomonlarni aniqlash (tibbiyot muassasalari, bemorlar, laboratoriyalar, sug‘urta kompaniyalari);
-
Dasturiy hujjatlarni tayyorlash;
-
Dasturchilar uchun texnik qo‘llanma yaratish.
Talablar:
-
Axborot texnologiyalari sohasida biznes tahlili bo‘yicha kamida 5 yillik tajriba;
-
BPMN, UML, User Stories, Use Cases kabi biznes tahlili metodlari va vositalarini bilish;
-
Talablarni boshqarish tizimlarida ishlash tajribasi (masalan, JIRA, Confluence);
-
Ma’lumotlarni tahlil qilish va hisobotlar tuzish ko‘nikmalari;
-
Loyihani boshqarish asoslari va Agile hamda Scrum metodologiyalari bilan ishlash tajribasi;
-
Gipotezalarni ilgari surish va ularni eksperimentlar va ma’lumotlar tahlili orqali tekshirish qobiliyati;
-
Yuqori darajadagi muloqot ko‘nikmalari va jamoada ishlash qobiliyati;
-
Ingliz va rus tillarini professional darajada bilish.
Sharoitlar:
-
Ish jadvali: haftasiga 5 kun, 09:00 dan 18:00 gacha;
-
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq ishga qabul qilish, 28 kunlik mehnat ta’tili;
-
Qattiq kiyinish qoidalari yo‘q — biz davlat tashkilotlari haqidagi stereotiplarni buzishga intilamiz;
-
Bilim va tajriba bilan o‘rtoqlashishga tayyor kuchli professionallar jamoasida ishlash;
-
Aholi hayotini yaxshilash va mamlakatning yetakchi korxonalarida biznes-jarayonlarni optimallashtirishga qaratilgan yirik va muhim loyihalarda ishtirok etish;
-
Mustaqil qarorlar qabul qilish va kompaniya rivojlanishiga faol ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlari.
Yangi cho‘qqilarga birga chiqish uchun sizni jamoamizda kutib qolamiz!
Заинтересованы в вакансии?
Перед откликом на вакансию, обязательно ознакомьтесь с обязанностями и условиями работы