Boshqaruv masalalari bo’yicha koordinator (DHMU direktori) lavozimi uchun Mahalliy Maslahatchi
Условия работы
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Raqamli sog‘liqni saqlashni boshqarish bo‘limiga (DHMU) rahbarlik qilish va boshqarish uchun malakali boshqaruv masalalari bo’yicha koordinatorni qidirmoqda. DHMU vazirlikning raqamli sog'liqni saqlash islohoti strategiyasini amalga oshirishda muhim rol o'ynaydi, bu sog'liqni saqlash sohasini rivojlantirish, bemorlarga yordam ko'rsatish faoliyatini yaxshilash va raqamli sog'liqni saqlash texnologiyalarini joriy etish orqali milliy sog'liqni saqlash tizimini mustahkamlashga qaratilgan.
Muvaffaqiyatli nomzod DHMU uchun strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, raqamli sog'liqni saqlash tashabbuslarini boshqarish, texnik amalga oshirishni nazorat qilish, ma'lumotlar xavfsizligi va maxfiyligini ta'minlash, manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va raqamli sog'liqni saqlash dasturlarini doimiy baholash va takomillashtirishga hissa qo'shish uchun javobgar bo'ladi.
Bu raqamli sog'liqni saqlash sohasida kuchli yetakchilik, boshqaruv va texnik tajribani talab qiladigan to’liq hajmdagi vazifa. Boshqaruv koordinatori O‘zbekistonda raqamli sog‘liqni saqlash kelajagini shakllantirishda va vazirlikning ulkan islohotlar dasturini muvaffaqiyatini amalga oshirilishini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
Tanlov KfW (loyihani moliyalashtiruvchi tashkilot) “Guidelines for the Procurement of Consulting Services, Works, Plant, Goods and Non-Consulting Services in Financial Cooperation with Partners Document version January 2019 (update as of January 2021)” yoʻriqnomasiga asosan amalga oshiriladi.
Topshiriq, topshiriqning maqsadlari, topshiriqning ko'lami, hisobot talablari, ekspertiza, malaka, texnik taklif formati, baholash va mukofotlash mezonlari va boshqa tegishli ma'lumotlarni o'z ichiga olgan batafsil Texnik topshiriqni (ToR) iloavadan yuklab olishingiz mumkin. Takliflarni topshirishning oxirgi muddati soat 9:00 15 yanvar 2025-yil. Belgilangan muddatdan keyin qabul qilingan har qanday arizalar rad etiladi. Iltimos, takliflaringizni elektron shaklda yuboring ushbu elektron manzilga yuboring: n.eshnazarov@ssv.uz. Sog'liqni saqlash vazirligi bosma nusxadagi takliflarni qabul qilmaydi.
Muhim eslatma:
Maslahatchi Texnik topshiriq shartlari (Terms of Reference – “ToR”) da ko'rsatilgan kasbiy va texnik malakaga ega bo'lishi kerak. Faqatgina ushbu malakaga ega bo'lgan nomzodlar ro'yxatga olinadi va qayta aloqaga chiqiladi.
Заинтересованы в вакансии?
Перед откликом на вакансию, обязательно ознакомьтесь с обязанностями и условиями работы
Эта должность имеет особые требования. Пожалуйста, внимательно ознакомьтесь с ними перед подачей заявки.