PHP-dasturchi
Work Conditions
Vazifalar:
- Jamoada Frontend va mobil ilova dasturchilari bilan yaqin hamkorlikda ishlash;
- Ilovalarning server qismi kodini tekshirish, debug qilish va optimallashtirish;
- Dasturiy modullar va komponentlarni integratsiya qilish;
- Tashqi va ichki API’lar bilan o‘zaro aloqa o‘rnatish;
- Yangi xizmatlarni ishlab chiqish va mavjudlarini takomillashtirish;
- Yangi funksiyalarni tatbiq etish, yangi servislar bilan integratsiya qilish va kod sifatini nazorat qilish;
- Yuzaga kelgan texnik nosozliklarni tezkor bartaraf etish.
Talablar:
- Ish tajribasi: Backend dasturlashda kamida 3 yil;
- OOP tamoyillari: Obyektlar, classlar va loyihalash andozalarini (Design Patterns) chuqur tushunish;
- Texnologiyalar: PHP va Laravelni mukammal bilish;
- RestAPI va Nginx bilan ishlash tajribasi;
- Relyatsion ma'lumotlar bazalarini bilish, afzalrog‘i PostgreSQL;
- Ishlab chiqish vositalari: Git bilan ishlash bo‘yicha bazaviy bilimlar;
- Kodlash: Toza kod yozish va kod tahlilini (Code Review) o‘tkazish qobiliyati;
- Integratsiya: Tashqi servislar va platformalar bilan integratsiya qilish tajribasi;
- Veb-texnologiyalar: HTML, CSS va JavaScript bo‘yicha bazaviy bilimlar.
Biz nima taklif etamiz:
- Ish jadvali: haftasiga 5 kun, soat 09:00 dan 18:00 gacha;
- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga asosan rasmiylashtirish, 28 kalendar kunlik mehnat ta’tili;
- Qat’iy dress-kodning yo‘qligi — biz davlat tashkilotlari haqidagi stereotiplarni sindirishga intilamiz;
- Bilim va tajriba ulashishga tayyor kuchli professionallar jamoasi;
- Aholi turmush sifatini oshirish va mamlakatning yetakchi korxonalarida biznes-jarayonlarni optimallashtirishga qaratilgan yirik loyihalarda ishtirok etish;
- Mustaqil qarorlar qabul qilish va kompaniya rivojiga faol hissa qo‘shish uchun keng imkoniyatlar.
Interested in this Vacancy?
Be sure to familiarize yourself with the duties and working conditions before responding to the job posting