Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida "Kontrakt bo'yicha harbiy xizmatga kirish uchun ariza berish" bo'yicha yangi elektron xizmat muvaffaqiyatli joriy etildi.
Shu munosabat bilan elektron xizmat muvaffaqiyatli amalga oshirilishida faol ishtirok etgan xodimlar tashakkurnoma bilan taqdirlandi - mehnati, fidoyiligi va sa'y-harakatlari e'tirof etildi.