UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Axborot xavfsizligi va kibergigiyena: raqamlashtirish asrida himoya qilishning asosiy jihatlari

Joriy yilning 6 va 7 may kunlari “Yagona integrator UZINFOCOM” MCHJ “ONESEC” bilan hamkorlikda, “O‘zsanoatqurilishbank” ATBda ko‘rsatilayotgan axborot xavfsizligi bo‘yicha xizmatlari majmui doirasida, axborot xavfsizligining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan seminarlar o‘tkazishdi.

12.05.2025

Axborot xavfsizligi va kibergigiyena: raqamlashtirish asrida himoya qilishning asosiy jihatlari

Seminarlar bankning axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi, hamda biznes yonalishlari boyicha mutaxassislar uchun yonaltirildi.

Seminarlar kibergigiyena, ijtimoiy muhandislik, banklarda malumotlarni himoya qilishni tashkil etish, axborotni himoya qilish vositalari, parollarni boshqarish siyosati kabi muhim mavzularni qamrab oldi.

Bank xodimlari bilan otkazilgan seminarlar davomida kop faktorli autentifikatsiyani yolga qoyish, tarmoq infratuzilmasini tashkil etishda uchraydigan xatoliklar, “Active Directory ni sozlash va axborotni himoya qilish vositalaridan foydalanish masalalari faol muhokama qilindi.

Otkazilgan seminarlar natijalariga kora, zamonaviy axborot xavfsizligini taminlash, nafaqat texnik yechimlarni, balki har bir xodimning ongli xatti-harakatlarini talab qiladi degan hulosaga kelindi. Seminarlar ishtirokchilarga kiber-muhitdagi tahdidlarga qarshi kurashish uchun bilim va konikmalarni taqdim etdi.