UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM Dubayda o‘tkazilayotgan Seamless Middle East 2025 ko‘rgazmasida o‘z loyihalarini namoyish etmoqda!

025-yil 20–22-may kunlari Dubaydagi World Trade Centre'da raqamli savdo va moliyaviy texnologiyalar sohasidagi eng yirik xalqaro tadbirlardan biri — Seamless Middle East 2025 bo‘lib o‘tmoqda.

21.05.2025

UZINFOCOM Dubayda o‘tkazilayotgan Seamless Middle East 2025 ko‘rgazmasida o‘z loyihalarini namoyish etmoqda!

Ko‘rgazma 25 000 dan ortiq ishtirokchini, jumladan, dunyo bo‘yicha yetakchi mutaxassislar, biznes va davlat vakillarini bir joyga jamladi. Google, Microsoft, Visa, Mastercard, Carrefour kabi kompaniyalar texnologiyalar va tijorat sohasidagi ilg‘oryechimlari bilan o‘rtoqlashmoqdalar.

Kompaniyamiz ko‘rgazma stendida MyID ekotizimi va uning biometrik identifikatsiya mahsulotlarini, shuningdek, biznes jarayonlari va davlat xizmatlarini optimallashtirish uchun Token.uz blokchein platformasini namoyish etib, tashrif buyuruvchilarga ma'lumotlar xavfsizligi va identifikatsiya sohasida innovatsion yechimlarni taklif qilmoqda.