Tojikiston Respublikasi Hukumati huzuridagi Aloqa xizmati boshlig‘i Isfandiyori Sa’dullo boshchiligidagi delegatsiyasi 2025-yil 20-may kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park Uzbekistan majmuasiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida dastlab delegatsiyaga IT Park Uzbekistan va Raqamli texnologiyalar vazirligida amalga oshirilayotgan islohotlar, asosiy yo‘nalishlar hamda kelgusidagi rejalar haqida taqdimot qilindi.
Shuningdek, delegatsiya IT mutaxassislarini tayyorlashga ixtisoslashgan Ustudy IT akademiyasi faoliyati, muhim infratuzilmalarning kiberxavfsizligini ta’minlashga qaratilgan innovatsion loyihalar markazi — UZSOC hamda Yagona integrator UZINFOCOMda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirildi. Xususan, sun’iy intellekt va raqamli yechimlar sohasidagi loyihalarga alohida e’tibor qaratildi.