Toyota Tsusho Corporation raqamli infratuzilma bo‘limi loyiha rahbari janob Tomonori Nakamura UZINFOCOMga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida delegatsiya kompaniya faoliyati, uning innovatsion loyihalari, IT infratuzilmasini rivojlantirish, raqamli xizmatlarni joriy etish hamda axborot texnologiyalari sohasidagi tashabbuslar bilan tanishib chiqdi.

Uchrashuv davomida janob Nakamura UZINFOCOM kompaniyasi vakillari bilan Markaziy Osiyodagi raqamli infratuzilmani o‘rganish masalalarini muhokama qildi. U IT xizmatlarini rivojlantirishda hamkorlik doirasini aniqlash, xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini ko‘rib chiqish va mintaqada raqamli xizmatlar samaradorligini oshirish uchun yangi texnologiyalarni joriy etishga qiziqish bildirdi.