UZINFOCOM Samarqanddagi UNPSF-25 forumida ishtirokini davom ettirmoqda!
Yangi fikrlar, islohotlar va innovatsiyalar uchrashadigan xalqaro maydonda UZINFOCOM jamoasi davlat xizmati tizimida raqamli o‘zgarishlar boshida turganlarning hissasini faxr bilan e’tirof etdi.

Hududlarda HRM.ARGOS.UZ elektron platformasini joriy etishda faol ishtirok etgani, bo‘sh lavozimlarni egallash uchun ochiq tanlovlar o‘tkazgani va tizimni har tomonlama takomillashtirganiligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining quyidagi xodimlari Yagona Integrator UZINFOCOM tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi:
- Andijon filiali yetakchi inspektori - Ma’murjonov Muhammadjon Murodjonovich
- Samarqand filiali rahbari o‘rinbosari - Axatov Foziljon Alimjonovich
- Qashqadaryo filiali yetakchi inspektori - Muhiddinov Davron Husniddinovich
- Buxoro filiali rahbari o‘rinbosari - Toshev Murod Toirovich
- Surxondaryo filiali bosh inspektori - Karimov Ilhom Xudoyberdiyevich.
Mukofotlanganlarni munosib e’tirof bilan tabriklaymiz va davlat xizmati tizimini yanada shaffof, samarali va insonga yo‘naltirilgan qilishga hissa qo‘shayotgan barcha mutaxassislarga samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Sizning faoliyatingiz - mamlakatimiz ishonchi, taraqqiyoti va raqamli kelajagining poydevoridir!