UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM xodimlari Anqarada treningdan o'tdi.

7-9 iyul kunlari Anqarada Turkiya Standartlar Instituti (TSE) tomonidan tashkil etilgan maxsus trening bo‘lib o‘tdi. Trening mavzusi — texnik tartibga solish va lift uskunalari ustidan nazorat sohasida raqamli yechimlarni joriy etish edi.

15.07.2025

UZINFOCOM xodimlari Anqarada treningdan o'tdi.

TSE Asansör milliy tizimiga alohida e’tibor qaratildi — bu liftlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish, sertifikatlash va monitoring qilishning butun jarayonini qamrab oluvchi raqamli platformadir.

O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida UZINFOCOM vakillari ham ishtirok etdi. Ular Texnik tartibga solish agentligi vakillari bilan birga raqamli nazorat, inspeksiya va xavfsizlikni boshqarishning asosiy tamoyillarini o‘rgandilar.