UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM ofisida AIM Global Foundation raisi janob Dovud Al Shezaviy tashrif buyurdi.

AIM Global Foundation — investitsiyalarni rivojlantirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash orqali jahon iqtisodiyotini yuksaltirishni maqsad qilgan mustaqil tashkilotdir.

19.09.2025

UZINFOCOM ofisida AIM Global Foundation raisi janob Dovud Al Shezaviy tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmon kompaniya faoliyati hamda bir qator asosiy loyihalar bilan yaqindan tanishdi:

MyID — raqamli identifikatsiya platformasi, MyID Palm — kaft orqali biometrik tanish tizimi, HRM.ARGOS.UZ — xodimlarni boshqarishning zamonaviy tizimi, DMED — sog‘liqni saqlash sohasidagi yagona raqamli platforma.

 

Janob Al Shezaviyga taqdim etilgan yechimlar hamda ularning davlat, biznes va jamiyat uchun amaliy ahamiyati haqida taqdimot o‘tkazildi. Shuningdek, raqamli texnologiyalar va innovatsiyalar sohasidagi rivojlanish istiqbollari hamda hamkorlikning kelgusi yo‘nalishlari muhokama qilindi.