ICT Week doirasida UZINFOCOM va AWS Amazon vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Delegatsiya a’zolari stendda taqdim etilgan UZINFOCOM loyihalari, masalan, MyID ekotizimi, DMED, UGaz va boshqalar bilan tanishdilar.

Raqamli texnologiyalar sohasida hamkorlik va tajriba almashish istiqbollari, shuningdek, ta’lim va kompetensiyalarni rivojlantirish sohasida qo‘shma tashabbuslar imkoniyatlari muhokama qilindi.

"Raqamli O‘zbekiston 2030" strategiyasi va raqamli transformatsiya yo‘lidagi keyingi qadamlar bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
