Biznes jarayonlar tahlilchisi
Условия работы
UZINFOCOM butun boshli sanoat tarmog‘ining raqamlashtirilishi bo‘yicha yirik loyihada ishtirok etish uchun biznes-tahlilchilarni izlamoqda.
Vazifalar:
-
Biznes jarayonlarini tahlil qilish va IT-yechimlarga bo‘lgan ehtiyojlarni aniqlash
-
Texnik topshiriqlar va spetsifikatsiyalarni biznes talablar asosida ishlab chiqish
-
Yechimlar to‘g‘ri va to‘liq amalga oshirilishini ta’minlash uchun dasturchilar jamoasi bilan hamkorlik qilish
-
Bozor va raqobatchilar tahlilini olib borish, eng yaxshi amaliyot va tendensiyalarni aniqlash
-
Loyiha ustida ishlab turgan dasturchilar, testlovchilar va loyiha menejerlari jamoalari bilan hamkorlik qilish
-
Yechimlar biznes maqsadlari va talablariga mosligini ta’minlash
-
A/B testlarini o‘tkazish va natijalarni tahlil qilish orqali jarayon va yechimlarni optimallashtirish
-
Loyiha va jarayonlarga oid hujjatlarni ishlab chiqish va yangilab borish
Talablar:
-
IT sohasida biznes-analiz bo‘yicha kamida 3 yillik tajriba
-
BPMN, UML, User Stories, Use Cases kabi biznes tahlil metodlari va vositalarini bilish
-
Talablarni boshqarish tizimlari bilan ishlash tajribasi (masalan: JIRA, Confluence)
-
Ma’lumotlarni tahlil qilish va hisobotlar tayyorlash ko‘nikmalari
-
Agile va Scrum metodologiyalariga asoslangan loyiha boshqaruvi asoslarini bilish
-
Gipotezalarni ilgari surish va ularni eksperimentlar orqali sinab ko‘rish qobiliyati
-
Yuqori darajadagi kommunikatsiya ko‘nikmalari va jamoada ishlay olish
-
Rus va ingliz tillarini professional darajada bilish
Bizlar nima taklif etamiz:
-
Ish grafigi: haftasiga 5 kun, 09:00 dan 18:00 gacha
-
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish, yiliga 28 kun mehnat ta’tili
-
Qattiq dress-kod yo‘q — biz davlat tashkilotlari haqidagi stereotiplarni yo‘q qilishga intilamiz
-
Bilim va tajriba almashishga tayyor kuchli mutaxassislar jamoasi
-
Aholi hayotini yaxshilash va yirik korxonalarning biznes-jarayonlarini optimallashtirishga qaratilgan muhim loyihalarda ishtirok etish
-
Mustaqil qarorlar qabul qilish va kompaniya rivojlanishiga faol ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlari
Заинтересованы в вакансии?
Перед откликом на вакансию, обязательно ознакомьтесь с обязанностями и условиями работы