Biznes-tahlilchi
Work Conditions
UZINFOCOM mahalliy bozordagi eng yirik va ahamiyatli loyihalarda ishtirok etish uchun iqtidorli biznes-tahlilchilarni jamoaga taklif qiladi.
Vazifalar:
-
Biznes-jarayonlarni tahlil qilish va IT-yechimlar uchun talablarni belgilash.
-
Biznes ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda texnik topshiriqlar va spetsifikatsiyalarni ishlab chiqish.
-
Joriy etilgan yechimlarning aniqligi va toʻliqligini taʼminlash uchun dasturchilar jamoasi bilan yaqindan hamkorlik qilish.
-
Eng ilgʻor amaliyotlar va trendlarni aniqlash uchun bozor va raqobatchilarni tahlil qilish.
-
Dasturchilar, testchilar va loyiha menejerlari kabi turli jamoalar ishini muvofiqlashtirish.
-
Ishlab chiqilgan yechimlarning biznes maqsadlari va talablariga mos kelishini taʼminlash.
-
Jarayonlar va yechimlarni optimallashtirish uchun A/B-testlarni oʻtkazish va natijalarni tahlil qilish.
-
Loyiha va jarayonlarga oid hujjatlarni yaratish va doimiy yangilab borish.
Talablar:
-
Axborot texnologiyalari sohasida biznes-tahlilchi sifatida 3+ yillik ish tajribasi.
-
Biznes-tahlil metodologiyalari va vositalarini (BPMN, UML, User Stories, Use Cases) mukammal bilish.
-
JIRA va Confluence kabi talablarni boshqarish tizimlari bilan ishlash tajribasi.
-
Maʼlumotlarni tahlil qilish va hisobotlar tayyorlash boʻyicha kuchli koʻnikmalar.
-
Loyiha boshqaruvi asoslarini tushunish va Agile/Scrum metodologiyalari bilan ishlash tajribasi.
-
Farazlarni ilgari surish va ularni tajribalar hamda maʼlumotlar tahlili orqali tekshira olish qobiliyati.
-
Odamlar bilan tez til topishish, samarali muloqot qila olish va jamoada ishlash qobiliyati.
-
Ingliz va rus tillarini professional darajada bilish.
Biz Nima Taklif Qilamiz:
-
Ish vaqti: Toʻliq bandlik, dushanbadan jumagacha, soat 09:00 dan 18:00 gacha.
-
Rasmiy ish: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga toʻliq rioya qilgan holda, 28 kalendar kunlik yillik mehnat taʼtili.
-
Erkin muhit: Qatʼiy dres-kod yoʻq — biz davlat tashkilotlari haqidagi stereotiplarni yo'qotish tarafdorimiz.
-
Kuchli jamoa: Oʻz bilim va tajribasi bilan boʻlishishga tayyor kuchli mutaxassislar davrasida ishlash imkoniyati.
-
Muhim loyihalar: Aholi turmushini yaxshilaydigan va mamlakat kelajagi uchun biznes jarayonlarini optimallashtiradigan yirik loyihalarda ishtirok etish.
-
Oʻsish va mustaqillik: Mustaqil qarorlar qabul qilish va kompaniya rivojiga bevosita hissa qoʻshish uchun keng imkoniyatlar.
Interested in this Vacancy?
Be sure to familiarize yourself with the duties and working conditions before responding to the job posting