UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Brend Menejer

To'liq stavka

3-6

Bosh ofis

07.04.2025

Ish sharoitlari

Yagona integrator UZINFOCOM xalqaro miqyosda tashabbuslarimizni ilgari surish va kompaniya pozitsiyasini mahalliy bozorda mustahkamlash bilan bogʻliq yirik loyihalar uchun iste’dodli va tajribali brend-menejerni qidirmoqda!

Vazifalar:

  • Biometrik identifikatsiya loyihasini xorijiy bozorlarda ilgari surish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, shu jumladan internet va ijtimoiy tarmoqlarda (Google Ads, Meta, LinkedIn va boshqalar) faol reklama kampaniyalari yuritish;

  • Tegishli platformalar va forumlardagi ishtirokni boshqarish, marketing faoliyatining samaradorligini tahlil qilish va zarur hollarda tezkor tuzatishlar kiritish;

  • UZINFOCOM mahsulotlarini mahalliy bozorda brendlash bo‘yicha marketing strategiyasini yaratish va nazorat qilish, bu borada differensiallashuv va qadriyatga urg‘u berish;

  • Ijtimoiy tarmoqlar uchun kontent-rejani rivojlantirish, OAV, ta’sir ko‘rsatuvchilar va hamkorlar bilan hamkorlik qilish, PR kampaniyalarini o‘tkazish va kompaniya imijini mustahkamlash uchun soha tadbirlarida ishtirok etish.

Talablar:

  • Marketing va brend-menejment sohasida kamida 3 yillik tajriba;

  • Rus va o‘zbek tillarini erkin bilish shart; ingliz tilini Upper-Intermediate va undan yuqori darajada bilish afzallik bo‘ladi;

  • Fikrni aniq ifoda eta olish va savodli yozish (matnlar, briflar, texnik topshiriqlar va hisobotlar);

  • Raqamli mahsulotlarni xalqaro bozorlarda muvaffaqiyatli ilgari surish tajribasi;

  • Zamonaviy digital-marketing, kontent-menejment va SMM vositalarini bilish;

  • Tahliliy vositalarni (Google Analytics, Yandex Ads, SimilarWeb, Ahrefs va boshqalar) bilish va asosli qarorlar qabul qila olish;

  • Google, Meta, LinkedIn reklama kabinetlari bilan ishlash tajribasi;

  • Rivojlangan kommunikatsiya ko‘nikmalari, kreativ fikrlash va strategik yondashuv.

Bizlar taklif etamiz:

  • Ish grafigi: haftasiga 5 kun, 09:00 dan 18:00 gacha;

  • O‘zbekiston Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiylashtirish, 28 kalendar kunlik ta’til;

  • Qattiq kiyinish qoidalari yo‘q — biz davlat tashkilotlari haqidagi stereotiplarni buzmoqchimiz;

  • Bilim va tajriba bilan o‘rtoqlashishga tayyor professionallar jamoasida ishlash;

  • Aholining hayotini yaxshilash va mamlakatning yetakchi korxonalarida biznes-jarayonlarni optimallashtirishga qaratilgan yirik va muhim loyihalarda ishtirok etish;

  • Mustaqil qarorlar qabul qilish va kompaniya rivojiga faol ta’sir ko‘rsatish imkoniyati.

Yangi cho‘qqilarga birga erishish uchun sizni jamoamizda kutamiz!

Vakansiyaga qiziqdingizmi?

Vakansiyaga ariza berishdan oldin majburiyatlar va ish sharoitlari bilan tanishib chiqing