Kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassis
Условия работы
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi raqamli sog‘liqni saqlash tizimlarining xavfsizligini nazorat qilish va takomillashtirish uchun malakali Kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassis izlamoqda. DHMU (Raqamli sog‘liqni saqlashni boshqarish bo‘limi) sog‘liqni saqlash sohasida raqamli islohotlar strategiyasini amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Bu strategiya tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, bemor parvarishini yaxshilash va sog‘liqni saqlash tizimini raqamli texnologiyalar orqali mustahkamlashga qaratilgan.
Tanlovda g‘olib chiqqan nomzod DHMU uchun kiberxavfsizlik strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, raqamli sog‘liqni saqlash tashabbuslarining xavfsizlik jihatlarini boshqarish, texnik xavfsizlik arxitekturasini nazorat qilish, maxfiy sog‘liq ma’lumotlarini himoya qilish va ma’lumotlar maxfiyligi bo‘yicha qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash uchun mas’ul bo‘ladi. Bundan tashqari, u manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikda potentsial kiberxavflarni aniqlash, xatarlarni kamaytirish va raqamli sog‘liqni saqlash tizimlari uchun xavfsizlik protokollarini takomillashtirishda ishtirok etadi.
Bu lavozim kiberxavfsizlik sohasida, ayniqsa raqamli sog‘liqni saqlash kontekstida texnik bilim va tajribani talab qiladi. Kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassis O‘zbekistonda raqamli tibbiyotning xavfsiz kelajagini ta’minlashda va vazirlikning islohot kun tartibini qonuniy va xavfsiz amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi.
Nomzodlarni tanlash jarayoni KfW’ning “Moliyaviy hamkorlik doirasida hamkorlar bilan maslahat xizmatlari, ishlar, uskunalar, tovarlar va maslahat bo‘lmagan xizmatlarni xarid qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar” (2019-yil yanvar nashri, 2024-yil iyul holatiga yangilangan) asosida olib boriladi.
Topshiriq bo‘yicha batafsil Texnik topshiriq (ToR) quyida taqdim etilgan bo‘lib, u umumiy ma’lumotlar, vazifa maqsadlari, doirasi, hisobot talablari, zarur tajriba va malaka, baholash mezonlari hamda boshqa kerakli ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Taklif topshirish muddati: 2025-yil 29-iyul, soat 17:00 gacha (Toshkent vaqti bilan). Belgilangan muddatdan keyin yuborilgan takliflar rad etiladi.
Iltimos, takliflaringizni quyidagi elektron pochta manzillariga yuboring: n.eshnazarov@ssv.uz va azamat.norov@civitta.com (arizaning haqiqiy hisoblanishi uchun u har ikkala manzilga ham belgilangan muddatdan oldin yuborilishi kerak). Vazirlik bosma nusxadagi arizalarni qabul qilmaydi.
Muhim eslatmalar:
● Konsultant Texnik topshiriqda (ToR) ko‘rsatilgan kasbiy va texnik malakaga ega bo‘lishi kerak. Faqat ushbu talablarga javob beruvchi nomzodlargina saralanadi va suhbatga taklif qilinadi.
● Barcha ariza shakllari to‘liq to‘ldirilib va imzolanishi lozim. To‘ldirilmagan, imzolanmagan yoki topshirilmagan arizalar Buyurtmachi tomonidan rad etilishi mumkin. Nomzodlar quyidagi ingliz tilidagi shakllarni to‘g‘ri to‘ldirib va imzolab topshirishlari lozim (ushbu tanlov e’loniga ilova qilingan):
a) Ilova A: Tarjimai hol (Curriculum vitae)
b) Ilova B: Majburiyat deklaratsiyasi (Declaration of Undertaking)
c) Ilova C: Soliq muvofiqligi deklaratsiyasi (Declaration of Tax Conformity)
Заинтересованы в вакансии?
Перед откликом на вакансию, обязательно ознакомьтесь с обязанностями и условиями работы
Эта должность имеет особые требования. Пожалуйста, внимательно ознакомьтесь с ними перед подачей заявки.