UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Ma’lumotlar bazasi administratori (DBA)

To'liq bandlik

3-6

Bosh ofis

31.07.2025

Work Conditions

Vazifalar:

  • MS SQL, MySQL, MongoDB va PostgreSQL yuqori yuklangan ma’lumotlar bazalarini boshqarish, joylashtirish va sozlash;
  • MBBT ishidagi xatolarni tahlil qilish va bartaraf etish, xatolar, uzilishlar, blokirovkalarni tezkor tahlil qilish;
  • MBBT holatini monitoring qilish, ma’lumotlarni to‘plash va muammolarni diagnostika qilish;
  • MBning ishlash qobiliyatini yuqori darajadagi qulaylik holatida saqlab turish;
  • MBBTning zaxira nusxasini ta’minlash;
  • Server dasturiy ta’minoti ishida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda ishtirok etish;
  • O‘z mas’uliyati doirasida texnik hujjatlarni ishlab chiqish (axborot texnologiyalari va axborotni himoya qilish sohasidagi normativ hujjatlardan foydalangan holda).

Talablar:

  • MS SQL Server, MySQL, MongoDB yoki PostgreSQL ma’lumotlar bazasini boshqarish bo‘yicha 3 yillik tajriba;
  • MBBT arxitekturasini ishlab chiqish, yaratish, sozlash va ekspluatatsiya qilishning ekspert darajasi;
  • MBBTning buzilishga chidamli konfiguratsiyalarini sozlash va ishlatish tajribasi;
  • Ma’lumotlar bazasi xavfsizligi, zaxiralash, tiklash va ma’lumotlar yaxlitligi sohasidagi ishonchli bilimlar;
  • Windows Server va *nix operatsion tizimlari bilan ishlash tajribasi - OT arxitekturasini bilish (xotira, jarayonlar, kiritish-chiqarish tizimi, disk osti tizimi);
  • MS SQL Server, MySQL, MongoDB yoki PostgreSQL MBBT unumdorligini optimallashtirish va sozlash bo‘yicha ekspert tajribasi;
  • SQL/T-SQL/pgSQL MB skriptlarini yozish tajribasi;
  • Skript tillaridan birida (PowerShell, Bash, Python yoki boshqalar) skript yozish qobiliyati;
  • Versiyalarni nazorat qilish tizimlari (Git) bilan ishlash qobiliyati;
  • MB migratsiya vositalarini bilish (Liquibase, Flyway yoki analoglari).

Bizlar nima taklif etamiz:

  • Ish tartibi: haftasiga 5 kun, soat 09:00 dan 18:00 gacha;
  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiylashtirish, 28 kalendar kun ta’til berish;
  • Qat’iy kiyinish qoidalarining yo‘qligi - biz davlat tashkilotlari haqidagi stereotiplarni yo‘q qilishga intilamiz;
  • Bilim va tajriba almashishga tayyor bo‘lgan kuchli professionallar jamoasida ishlash;
  • Mamlakatning yetakchi korxonalarida aholi hayotini yaxshilash uchun xizmatlarni yaratish va biznes jarayonlarini optimallashtirishga qaratilgan yirik va muhim loyihalarda ishtirok etish;
  • Mustaqil qarorlar qabul qilish va kompaniya rivojiga faol ta’sir ko‘rsatish uchun keng imkoniyatlar.

Interested in this Vacancy?

Be sure to familiarize yourself with the duties and working conditions before responding to the job posting