DevOps Muhandis
Условия работы
Majburiyatlar:
- Axborot tizimini ishlab chiqishning to‘liq siklida (loyihalash, joriy etish va qo‘llab-quvvatlash) ishtirok etish;
-
Ilovalar samaradorligini oshirish uchun server infratuzilmasini sozlash va ma'murlash;
-
CI/CD amaliyotlari yordamida yangi funksiyalarni ishchi muhitga (production) integratsiya qilish va joriy etishni ta'minlash.
Talablar:
-
Turli vazifalar uchun Linux tizimlarini o‘rnatish, sozlash va optimallashtirish tajribasi;
-
Docker bilan ishonchli ishlash ko‘nikmalari: konteynerlarni yaratish va sozlash, Docker-obrazlarni optimallashtirish va konteynerlashtirilgan ilovalar bilan ishlash;
-
Versiyalarni boshqarish tizimlari bilan ishlash tajribasi: Git-ni sozlash va ishlatish, repozitoriylar hamda CI/CD uchun GitLab bilan integratsiya qilish;
-
Nginx veb-serverlarini ma'murlash: konfiguratsiya, teskari proksi (reverse proxy), SSL-sertifikatlar va yuklamani taqsimlashni (load balancing) sozlash;
-
Ilovalarni yig‘ish, testlash va deploy qilishni avtomatlashtirish uchun CI/CD vositalarini (shu jumladan, Jenkins) sozlash va ma'murlash tajribasi;
-
PostgreSQL bo‘yicha chuqur bilimlar: sozlash, unumdorlikni optimallashtirish, zaxira nusxalash, qayta tiklash va ma'lumotlar bazasi migratsiyasi.
Bizlar nima taklif etamiz:
-
Ish tartibi: haftasiga 5 kun, 09:00 dan 18:00 gacha;
-
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiylashtirish, 28 kalendar kunlik mehnat ta'tili;
-
Qat'iy dress-kod mavjud emas — biz davlat tashkilotlari haqidagi stereotiplarni sindirishga intilamiz;
-
Bilim va tajriba almashishga tayyor bo‘lgan kuchli mutaxassislar jamoasi;
-
Aholi turmush tarzini yaxshilash va mamlakatning yetakchi korxonalarida biznes-jarayonlarni optimallashtirishga qaratilgan yirik va ahamiyatli loyihalarda ishtirok etish;
-
Mustaqil qarorlar qabul qilish va kompaniya rivojiga faol hissa qo‘shish uchun keng imkoniyatlar.
Заинтересованы в вакансии?
Перед откликом на вакансию, обязательно ознакомьтесь с обязанностями и условиями работы