Fullstack Engineer (Backend-focused, AI)
Условия работы
MYGOV loyihasiga sun’iy intellektni (AI) joriy etish va jamoamizni kengaytirish maqsadida, kuchli backend tajribasiga ega Fullstack muhandisni qidirmoqdamiz.
Vazifalar:
-
AI yechimlarining backend qismini ishlab chiqish va rivojlantirish;
-
LLM, AI-agentlar va RAG arxitekturalari bilan ishlash;
-
LangGraph va Qdrant asosidagi yechimlarni integratsiya qilish va sozlash;
-
API va gRPC xizmatlarini ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash;
-
Arxitekturani loyihalash va texnik yechimlarni tanlashda ishtirok etish;
-
Git versiyalarni boshqarish tizimi bilan ishlash;
-
(Ixtiyoriy) Vue.js da frontend vazifalarini bajarishda qatnashish.
Talablar:
-
Backend dasturlashda kuchli tajriba;
-
Python — asosiy va majburiy til;
-
LLM bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajriba;
-
Quyidagilar bilan ishlash tajribasi va bilimi:
-
AI agents
-
RAG
-
LangGraph
-
Qdrant
-
MCP
-
-
REST API va gRPC tamoyillarini tushunish;
-
Git bilan erkin ishlay olish.
Quyidagilar ustunlik beradi:
-
Modellarni fine-tuning qilish tajribasi;
-
DevOps / MLOps bo‘yicha amaliyot;
-
Vue.js bilan ishlash tajribasi;
-
Production darajasidagi AI yechimlarini yaratish tajribasi.
Sharoitlar:
-
O‘zbekistonning raqamli ekotizimini rivojlantirayotgan milliy IT-kompaniyada ishlash imkoniyati;
-
Ish grafigi: haftada 5 kun, 09:00 dan 18:00 gacha;
-
O‘zR Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiylashtirish va 28 kalendar kunlik mehnat ta’tili;
-
Qat’iy dress-kod yo‘q — biz davlat tashkilotlari haqidagi stereotiplarni buzishga intilamiz;
-
Bilim va tajriba almashishga tayyor bo‘lgan kuchli professionallar jamoasi;
-
Aholi turmush tarzini yaxshilash va mamlakatning yetakchi korxonalarida biznes jarayonlarini optimallashtirishga qaratilgan yirik va ahamiyatli loyihalarda ishtirok etish;
-
Xalqaro loyihalarda qatnashish va texnologik yechimlarni global bozorga olib chiqish;
-
Professional o‘sish, o‘qish va xalqaro tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatlari;
-
Zamonaviy ofis va ahil jamoa.
Заинтересованы в вакансии?
Перед откликом на вакансию, обязательно ознакомьтесь с обязанностями и условиями работы