UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Grafik dizayner

To'liq bandlik

3-6

Bosh ofis

16.10.2025

Условия работы

Vazifalar:

  • Kompaniyaning korporativ uslubidan kelib chiqib, taqdimotlar, reklama va bosma materiallar uchun dizayn-konsepsiyalar va maketlar yaratish.

  • MS Office dasturlari yordamida taqdimotlar, infografika va hisobotlarni professional darajada bezash va sahifalash.

  • Maketlarni chop etishga va raqamli kanallarda e'lon qilishga tayyorlash.

  • Mahsulot va xizmatlarni ilgari surish uchun samarali vizual yechimlar yaratishda marketing boʻlimi bilan yaqindan hamkorlik qilish.

Nomzodga qo'yiladigan talablar:

  • Taqdimotlar, bosma mahsulotlar va reklama uchun jozibali va professional grafik dizayn yarata olish tajribasi.

  • Turli materiallar uchun ko'rkam va professional dizayn maketlarini ishlab chiqish mahorati.

  • Quyidagi dasturlarda erkin ishlay olish: CorelDRAW, Figma, Adobe Illustrator, Adobe Photoshop va MS Office paketi.

  • Jamoa bilan samarali muloqot o'rnata olish va hamkorlikda ishlash qobiliyati.

Biz nima taklif qilamiz:

  • Ish grafigi: 5 kunlik ish haftasi, dushanbadan jumagacha, 09:00 dan 18:00 gacha.

  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga to‘liq muvofiq rasmiylashtirish va 28 kalendar kunlik yillik mehnat ta'tili.

  • Qat'iy drees-kodning yo'qligi — biz davlat tashkilotlari haqidagi qoliplarni buzish tarafdorimiz.

  • O‘z bilim va tajribasi bilan bo‘lishishga doim tayyor bo‘lgan kuchli mutaxassislar jamoasida ishlash imkoniyati.

  • Aholi turmush darajasini yaxshilashga va mamlakatning yetakchi korxonalarida biznes jarayonlarini optimallashtirishga qaratilgan yirik loyihalarda ishtirok etish.

  • Mustaqil qarorlar qabul qilish va kompaniya rivojlanishiga bevosita hissa qo'shish uchun keng imkoniyatlar.

Birgalikda yangi marralarni zabt etish uchun jamoamizga qo'shiling

Заинтересованы в вакансии?

Перед откликом на вакансию, обязательно ознакомьтесь с обязанностями и условиями работы