GTM Marketing Lead
Условия работы
Majburiyatlar:
-
Kompaniya mahsulotlari uchun Go-To-Market strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish: IT Outsource / FacePay / PalmPay;
-
Mahsulotlarning bozordagi o‘rnini (pozitsiyasini) shakllantirish va rivojlantirish;
-
ICP (Ideal Customer Profile) ni aniqlash va maqsadli bozorlarni segmentlash;
-
12 oylik marketing yo‘l xaritasini (roadmap) ishlab chiqish va yuritish;
-
Marketing kanallarini tanlash va ustuvorligini belgilash (digital, performance, PR, tadbirlar va h.k.);
-
Marketing byudjetini rejalashtirish, nazorat qilish va optimallashtirish;
-
Mahsulotlarni bozorga olib chiqish uchun mahsulot (product) va savdo (sales) jamoalari bilan hamkorlik qilish;
-
Marketing faoliyati samaradorligini tahlil qilish (ROI, CAC, LTV va boshqalar);
-
Pudratchilar va ichki resurslarni boshqarish (dizayn, kontent, agentliklar).
Talablar:
-
Marketing sohasida 4–5 yillik ish tajribasi, shundan rahbarlik yoki yetakchi lavozimlarda bo‘lishi lozim;
-
IT/raqamli mahsulotlar uchun GTM-strategiyalarini ishlab chiqish va ishga tushirish tajribasi;
-
Mahsulot marketingi hamda B2B/B2G bozorlari tamoyillarini tushunish;
-
Pozitsionirlash va qiymat taklifini (value proposition) shakllantirish ko‘nikmalari;
-
Byudjetlashtirish va marketing tahlili bilan ishlash tajribasi;
-
Bozor segmentatsiyasi va ICP bilan ishlash qobiliyati;
-
Kuchli muloqot va taqdimot (prezentatsiya) ko‘nikmalari;
-
Strategik fikrlash va natijaga yo‘nalganlik.
Sharoitlar:
-
O‘zbekiston raqamli ekotizimini rivojlantirayotgan milliy IT-kompaniyasida ishlash;
-
Ish jadvali: haftada 5 kun, 09:00 dan 18:00 gacha;
-
O‘zR Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiylashtirish, 28 kalendar kunlik mehnat ta’tili taqdim etish;
-
Qat’iy kiyinish qoidalari (dress-kod) yo‘qligi – biz davlat tashkilotlari haqidagi stereotiplarni buzishga intilamiz;
-
Bilim va tajriba almashishga tayyor bo‘lgan kuchli mutaxassislar jamoasida ishlash;
-
Aholi turmush darajasini yaxshilash va mamlakatning yetakchi korxonalarida biznes jarayonlarini optimallashtirishga qaratilgan yirik va ahamiyatli loyihalarda ishtirok etish;
-
Xalqaro loyihalarda qatnashish va texnologik yechimlarni global bozorda ilgari surish;
-
Kasbiy o‘sish, o‘qish va xalqaro tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatlari;
-
Zamonaviy ofis va kuchli professionallar jamoasi.
Заинтересованы в вакансии?
Перед откликом на вакансию, обязательно ознакомьтесь с обязанностями и условиями работы