Tarmoq va Xavfsizlik Muhandisi
Ish sharoitlari
Vazifalar:
-
Tarmoq infratuzilmasi (kommutatorlar, marshrutizatorlar, boshqa tarmoq uskunalari, videoaloqa va telefoniya tizimlari) uzluksiz ishlashini ta'minlash, tarmoq va uskunalar bilan bog'liq nosozliklarni tezkor bartaraf etish;
-
Tarmoq ishlashini diagnostika qilish va optimallashtirish, xizmat ko'rsatish sifatini nazorat qilish, provayderlar va xizmat ko'rsatuvchilar bilan hamkorlik qilish;
-
Tarmoq infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo'yicha takliflar tayyorlash, tarmoq uskunalarini xarid qilish va modernizatsiya loyihalarida ishtirok etish;
-
Tarmoq xavfsizligini ta'minlash tizimlarini joriy etishda qatnashish;
-
Tarmoqni boshqarishni avtomatlashtirish va monitoring tizimlarini o'rnatish hamda texnik qo'llab-quvvatlash;
-
Ma'lumot uzatish tarmog'iga oid texnik hujjatlarni dolzarb holatda saqlash va audit jarayonlarida ishtirok etish;
-
Dasturiy ta'minot va qurilmalar proshivkalarini muntazam yangilab borish.
Talablar:
-
Korporativ L2 va L3 tarmoqlari, VPN, FW (Firewall) bilan ishlash tajribasi;
-
Aloqa kanallari va uskunalarning nosozlikka chidamliligini (High Availability) ta'minlash bo'yicha amaliy tajriba;
-
IP telefoniya va videoaloqa tizimlari bilan ishlash bo'yicha amaliy tajriba;
-
Tarmoq uskunalari (Hardware) bilan bevosita ishlash tajribasi;
-
Tarmoq diagnostikasi vositalarini mukammal bilish;
-
Tarmoq xavfsizligi texnologiyalarini bilish va tushunish;
-
Bir vaqtning o'zida bir nechta loyihalar bilan ishlash ko'nikmasi;
-
Rivojlangan muloqot va yetakchilik qobiliyatlari;
-
Mas'uliyatlilik, o'zini o'zi tashkil eta olish va natijaga yo'nalganlik;
-
Rus va o'zbek tillarini bilish, ingliz tilini bilish ustunlik beradi.
Biz nima taklif etamiz:
-
Ish tartibi: haftada 5 kun, 09:00 dan 18:00 gacha;
-
O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashtirish, 28 kalendar kunlik mehnat ta'tili;
-
Qat'iy dress-kod yo'q — biz davlat tashkilotlari haqidagi stereotiplarni o'zgartirishga intilamiz;
-
Bilim va tajriba almashishga tayyor bo'lgan kuchli mutaxassislar jamoasi;
-
Aholi turmush darajasini yaxshilash va mamlakatning yetakchi korxonalarida biznes jarayonlarini optimallashtirishga qaratilgan yirik va ahamiyatli loyihalarda ishtirok etish;
-
Mustaqil qaror qabul qilish va kompaniya rivojiga faol hissa qo'shish uchun keng imkoniyatlar.
Vakansiyaga qiziqdingizmi?
Vakansiyaga ariza berishdan oldin majburiyatlar va ish sharoitlari bilan tanishib chiqing