Raqamli sog‘liqni saqlash platformasi (Digital Health Platform) loyihasining normativ-huquqiy masalalari bo‘yicha huquqshunos
Условия работы
O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish bo‘yicha asosiy milliy loyiha — Yagona raqamli sog‘liqni saqlash platformasini (Digital Health Platform) ishlab chiqish va joriy etishni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash.
Vazifalar:
-
Sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish, maʼlumotlar himoyasi, elektron hujjat aylanishi va litsenziyalash sohalaridagi amaldagi qonunchilikni tahlil qilish.
-
Platformani amalga oshirishni taʼminlaydigan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va kelishish.
-
Tibbiy maʼlumotlardan foydalanish, ular bilan almashish va ularni himoya qilishni tartibga soluvchi huquqiy mexanizmlarni yaratish.
-
Xalqaro standartlarni (FHIR, SNOMED CT, LOINC va boshqalar) joriy etishni huquqiy jihatdan taʼminlash.
-
2030-yilgacha raqamli sog‘liqni saqlash sohasida qonunchilikni rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish.
-
Vazirliklar, davlat idoralari va xalqaro hamkorlar (JSSТ, KfW va boshqalar) bilan yaqin hamkorlikda ishlash.
Talablar:
-
Oliy yuridik maʼlumot (xalqaro, maʼmuriy yoki IT huquqi yo‘nalishlari afzal ko‘riladi).
-
7 yildan kam bo‘lmagan yuridik ish tajribasi, shu jumladan raqamlashtirish, elektron hukumat yoki IT loyihalarida kamida 3 yillik tajriba.
-
Vazirliklar va idoralar darajasida normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va tasdiqlash tajribasi.
-
O‘zbekiston Respublikasining sog‘liqni saqlash, shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish va kiberxavfsizlikka oid qonunchiligini mukammal bilish.
-
Xalqaro standartlarni (GDPR, ISO 27799 va boshqalar) tushunish.
-
Ish yuzasidan yozishmalar olib borish va huquqiy hujjatlarni tahlil qilish uchun rus va ingliz tillarini yaxshi bilish.
Biz taklif nima qilamiz:
-
Ish tartibi: dushanbadan jumagacha, 09:00 dan 18:00 gacha.
-
O‘zR Mehnat kodeksiga muvofiq ishga qabul qilish va 28 kalendar kunlik mehnat taʼtili.
-
Qatʼiy drees-kodning yo‘qligi — biz davlat tashkilotlari haqidagi qoliplarni o‘zgartirish tarafdorimiz.
-
O‘z bilim va tajribasi bilan bo‘lishishga doim tayyor bo‘lgan kuchli mutaxassislar jamoasi.
-
Aholi turmushini yaxshilashga xizmat qiladigan va mamlakatning yetakchi korxonalarida biznes jarayonlarini optimallashtiradigan yirik va muhim loyihalarda qatnashish imkoniyati.
-
Mustaqil qaror qabul qilish va kompaniya rivojiga bevosita hissa qo‘shish uchun keng imkoniyatlar.
-
Milliy miqyosdagi strategik ahamiyatga ega loyihada ishtirok etish.
-
Raqamli sog‘liqni saqlashning qonunchilik asoslarini yaratishda ishtirok etish imkoniyati.
-
Yetakchi xalqaro ekspertlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.
-
Qisman bandlik yoki shartnoma asosida ishlash imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
Заинтересованы в вакансии?
Перед откликом на вакансию, обязательно ознакомьтесь с обязанностями и условиями работы