Java Dasturchi (Java Developer)
Ish sharoitlari
Talablar:
-
Kamida 5 yillik ish tajribasi;
-
Java Core (8 va undan yuqori versiyalar)ni mukammal bilish;
-
Ma'lumotlar tuzilmalari va algoritmlarini chuqur tushunish;
-
Korporativ loyihalash andozalari (Enterprise Patterns) bo‘yicha bilimlar;
-
Mikroservis arxitekturasi (Microservice Patterns) va System Designni tushunish;
-
12 Factor App metodologiyasi bo‘yicha tajriba;
-
Relyatsion ma'lumotlar bazalari (PostgreSQL yoki Oracle) bilan ishlash tajribasi;
-
Texnologik stek: Spring Web, Spring Security, Spring Data JPA, Spring AMQP;
-
SOLID tamoyillari va Clean Code standartlarini tushunish;
-
Taqsimlangan tizimlar (Kafka yoki RabbitMQ) bilan ishlash ko‘nikmasi.
Biz nima taklif etamiz:
-
O'zbekiston raqamli ekotizimini rivojlantirayotgan milliy IT-kompaniyada faoliyat yuritish;
-
Ish tartibi: haftasiga 5 kun, 09:00 dan 18:00 gacha;
-
O'zR Mehnat kodeksiga asosan rasmiy ishga joylashish va 28 kalendar kunlik mehnat ta'tili;
-
Erkin kiyinish uslubi (Dress-kod yo'q) — biz davlat tashkilotlari haqidagi eskirgan qarashlarni o'zgartirishga intilamiz;
-
O‘z bilimi bilan bo‘lishishga tayyor kuchli professionallar jamoasi;
-
Aholi turmush tarzini yaxshilash va yirik korxonalar biznes-jarayonlarini optimallashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli loyihalarda ishtirok etish;
-
Xalqaro loyihalarda qatnashish va global bozorda texnologik yechimlarni tatbiq etish imkoniyati;
-
Professional o'sish, malaka oshirish va xalqaro konferensiyalarda ishtirok etish imkoniyatlari;
-
Zamonaviy ofis va ahil jamoa.
Vakansiyaga qiziqdingizmi?
Vakansiyaga ariza berishdan oldin majburiyatlar va ish sharoitlari bilan tanishib chiqing