Middle+/Senior Golang Developer
Условия работы
Vazifalar:
-
Go tilida yuqori yuklamali (high-load) mikroservislarni ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash;
-
Mavjud tizimlarni optimallashtirish va unumdorlikdagi muammoli joylarni (bottlenecks) aniqlash;
-
Tashqi API va xizmatlarni integratsiya qilish;
-
Yangi modullar arxitekturasini loyihalash va tatbiq etish;
-
Texnik hujjatlarni yozish va ularni dolzarb holatda saqlash;
-
Code review jarayonlarida qatnashish va kod sifatini oshirishga hissa qo‘shish;
-
Ilovalarni testlash (Unit/Integration) va avtomatlashtirish vositalari bilan ishlash;
-
Dasturchilar jamoasi, tahlilchilar va DevOps mutaxassislari bilan hamkorlik qilish.
Talablar:
-
Go tilini mukammal bilish va 3 yildan ortiq tijorat tajribasi;
-
Mikroservis va SOA arxitekturasi bilan ishlash tajribasi;
-
Go’da multithreading va concurrency tamoyillarini chuqur tushunish;
-
SQL va NoSQL ma’lumotlar bazalari (PostgreSQL, MongoDB) bilan amaliy tajriba;
-
Ma’lumot almashish protokollarini bilish (gRPC, REST, WebSocket);
-
Konteynerlashtirish va orkestratsiya vositalari bilan ishlash (Docker, Kubernetes);
-
Xabarlar navbati (Message Brokers) bilan ishlash (Kafka, RabbitMQ);
-
CI/CD jarayonlari haqida tushuncha;
-
Monitoring va loglash tizimlari bilan ishlash (Prometheus, Grafana, ELK);
-
Toza (Clean Code) va testlanadigan kod yoza olish;
-
Agile/Scrum metodologiyasi asosida ishlash tajribasi.
Biz nima taklif etamiz:
-
Ish tartibi: 5/2, soat 09:00 dan 18:00 gacha;
-
Rasmiylashtirish: O‘zR Mehnat kodeksiga to‘liq mos ravishda, 28 kunlik mehnat ta’tili;
-
Erkin muhit: Qat’iy dress-kod yo‘q — biz davlat tashkiloti haqidagi eskicha qarashlarni o‘zgartirmoqdamiz;
-
Jamoa: O‘z tajribasi bilan bo‘lishishga tayyor kuchli mutaxassislar muhiti;
-
Loyihalar: Butun mamlakat aholisi hayotini yaxshilashga va yirik korxonalar jarayonlarini optimallashtirishga qaratilgan katta ko‘lamli loyihalar;
-
Rivojlanish: Mustaqil qaror qabul qilish va kompaniya rivojiga bevosita ta’sir o‘tkazish imkoniyati.
Заинтересованы в вакансии?
Перед откликом на вакансию, обязательно ознакомьтесь с обязанностями и условиями работы