UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

QA muhandis

To'liq bandlik

3-6

Bosh ofis

17.07.2025

Ish sharoitlari

Majburiyatlar:

  • Dasturiy ta’minotga qo‘yiladigan talablarni o‘rganish.
  • Turli xil sinov turlari uchun batafsil test ssenariylari va test holatlarini ishlab chiqish.
  • Funksional sinovdan o‘tkazish: tizimning ishlash qobiliyatini tekshirish.
  • Regressiya sinovidan o‘tkazish: o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng mavjud funksionallikni qayta tekshirish.
  • Yuklamali sinovdan o‘tkazish: tizimning yuklama ostidagi samaradorligini baholash.
  • Xavfsizlik sinovidan o‘tkazish: tizimdagi zaif tomonlarni aniqlash.
  • Vositalar va freymvorklar yordamida avtomatlashtirilgan testlarni ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash.
  • Avtomatlashtirilgan testlarni muntazam ravishda o‘tkazish va natijalarini tahlil qilish.
  • Sinovdan o‘tkazish usullari va yondashuvlarini belgilash.

Talablar:

  • Sinovdan o‘tkazishning turli xil turlarini tushunish (funksional, regressiya, yuklamali, xavfsizlik sinovlari va boshqalar).
  • Sinovlarni boshqarish vositalari bilan ishlash tajribasi (masalan, JIRA, TestRail).
  • Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish hayotiy sikli haqida tushunchaga ega bo‘lish.
  • Dasturiy ta’minotga qo‘yiladigan talablarni tahlil qilish va ular asosida test ssenariylari hamda holatlarini tuzish qobiliyati.
  • Dasturiy ta’minot talablarini tahlil qilish va ular asosida test ssenariylarini hamda holatlarini tuzish qobiliyati.
  • Dasturchilar jamoasi, tahlilchilar va loyihaning boshqa ishtirokchilari bilan samarali hamkorlik qila olish.

Biz nima taklif etamiz:

  • Ish jadvali: haftada 5 kun, soat 09:00 dan 18:00 gacha;
  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiylashtirish, 28 taqvim kunlik ta’til beriladi;
  • Qat’iy kiyinish qoidalari yo‘q - biz davlat tashkilotlari haqidagi andozalarni buzishga intilamiz;
  • Bilim va tajribasini ulashishga tayyor bo‘lgan kuchli mutaxassislar jamoasida ishlash;
  • Mamlakat yetakchi korxonalarida aholi turmush darajasini yaxshilash uchun xizmatlar yaratish va biznes jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan yirik va ahamiyatli loyihalarda qatnashish;
  • Mustaqil qarorlar qabul qilish va kompaniya rivojiga faol hissa qo‘shish uchun keng imkoniyatlar.

Yangi cho‘qqilarni birga zabt etish uchun sizni jamoamizga taklif etamiz!

Vakansiyaga qiziqdingizmi?

Vakansiyaga ariza berishdan oldin majburiyatlar va ish sharoitlari bilan tanishib chiqing