UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Scrum mutaxassisi

To'liq bandlik

1-3

Bosh ofis

01.05.2025

Условия работы

Majburiyatlar:

  • Scrum metodologiyasi bo‘yicha loyiha jamoasi ishini tashkil etish: kundalik stand-up yig‘ilishlari, sprintlarni rejalashtirish, retrospektivalar o‘tkazish;
  • Buyurtmachilar bilan birgalikda vazifalarning ustuvorligini belgilash va xatarlarni kamaytirib, ularning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
  • Bo‘limlar va loyiha ishtirokchilari o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
  • Jamoaviy ruhni rivojlantirish va ishtirokchilarning yuqori darajadagi ishtiyoqini saqlab turish.

Talablar:

  • Scrum-master yoki shunga o‘xshash lavozimda 1-2 yillik ish tajribasi;
  • Scrum va Agile tamoyillarini chuqur anglash;
  • Sertifikatlar (CSM, PSM va hokazo) afzallik hisoblanadi;
  • Jamoa va mijozlar bilan muloqot qilishning a’lo darajadagi ko‘nikmalari;
  • Xatarlarni aniqlash va kamaytirish qobiliyati;
  • Murabbiylik va jamoani qo‘llab-quvvatlash mahorati;
  • Qat’iyatlilik va yetakchilik fazilatlari;
  • Metrika va ma’lumotlarni tahlil qila olish.

Bizlar nima taklif etamiz:

  • Ish jadvali: haftada 5 kun, soat 09:00 dan 18:00 gacha;
  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiylashtirish, 28 taqvim kunlik ta’til berish;
  • Qat’iy kiyinish qoidalarining yo‘qligi - biz davlat tashkilotlari haqidagi stereotiplarni buzishga intilamiz;
  • Bilim va tajriba almashishga tayyor bo‘lgan kuchli professionallar jamoasida ishlash;
  • Mamlakatning yetakchi korxonalarida aholi hayotini yaxshilash uchun xizmatlarni yaratish va biznes jarayonlarini optimallashtirishga qaratilgan yirik va muhim loyihalarda ishtirok etish;
  • Mustaqil qarorlar qabul qilish va kompaniya rivojiga faol ta’sir ko‘rsatish uchun keng imkoniyatlar.

Заинтересованы в вакансии?

Перед откликом на вакансию, обязательно ознакомьтесь с обязанностями и условиями работы