UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Senior Backend Developer (Python)

To'liq bandlik

6+

Bosh ofis

25.11.2025

Work Conditions

 

Vazifalar:

  • Ishonchlilik va masshtablanuvchanlik talablariga javob beradigan Backend arxitekturasini (mikroservislar, API va MB sxemalari) loyihalash va ishlab chiqish;

  • Python (Django/DRF, FastAPI) da yuqori yuklamaga bardosh beradigan va production-ready servislarni yaratish;

  • Tizim unumdorligini optimallashtirish (SQL so‘rovlar, keshlash, response time’ni kamaytirish);

  • CI/CD jarayonlarini boshqarish, Docker va NGINX yordamida bulutli (AWS) yoki lokal (on-premise) serverlarga deploy qilish;

  • API xavfsizligini ta’minlash (avtorizatsiya, ruxsatlar va xavfsiz arxitektura);

  • Murakkab texnik muammolar va insidentlarni diagnostika qilish hamda bartaraf etish;

  • Mahsulot menejerlari va boshqa jamoalar bilan talablarni shakllantirishda hamkorlik qilish;

  • Junior dasturchilarga mentorlik qilish, kod sifatini nazorat qilish va best-practice’larni joriy etish.

Talablar:

  • Python’ni chuqur bilish, Django/DRF va FastAPI freymvorklarida katta tajriba;

  • Mikroservis arxitekturasi (Microservices) bilan ishlash ko‘nikmasi;

  • PostgreSQL bo‘yicha ekspert bilimlar, Django ORM va SQLAlchemy bilan ishlash tajribasi;

  • Message Broker’lar (Kafka, RabbitMQ) va Celery bilan ishlash tajribasi;

  • DevOps asoslarini tushunish: Docker, CI/CD (GitHub Actions), Linux/Bash;

  • Monitoring va loglash tizimlari (Prometheus, Grafana, Sentry, ELK) bilan ishlash tajribasi;

  • Kod sifatiga yuqori talabchanlik: pytest/unittest, mypy, black, flake8 vositalaridan foydalanish.

Biz nima taklif etamiz:

  • Ish tartibi: 5/2, soat 09:00 dan 18:00 gacha;

  • Rasmiylashtirish: O‘zR Mehnat kodeksiga to‘liq mos ravishda, 28 kunlik mehnat ta’tili;

  • Erkin muhit: Qat’iy dress-kod yo‘q — biz davlat tashkiloti haqidagi eskicha qarashlarni o‘zgartirmoqdamiz;

  • Jamoa: O‘z tajribasi bilan bo‘lishishga tayyor kuchli mutaxassislar muhiti;

  • Loyihalar: Mamlakat aholisi hayotini yaxshilashga va yirik korxonalar jarayonlarini raqamlashtirishga qaratilgan katta ko‘lamli loyihalar;

  • Rivojlanish: Texnik qarorlar qabul qilish va kompaniya rivojiga bevosita ta’sir o‘tkazish imkoniyati.

Interested in this Vacancy?

Be sure to familiarize yourself with the duties and working conditions before responding to the job posting