UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Texnik yordam ko‘rsatish bo‘yicha 2-darajali mutaxassis (L2)

To'liq bandlik

3-6

Bosh ofis

30.09.2025

Ish sharoitlari

Vazifalar:

  • Foydalanuvchilarga axborot tizimi bilan ishlash bo‘yicha maslahat berish (telefon, e-mail, chiptalar tizimi orqali).

  • Tizim faoliyatiga oid hodisa (insident) va muammolarni bartaraf etish.

  • Foydalanuvchilarga tizim bilan ishlash asoslarini o‘rgatish.

  • Axborot tizimining barqaror ishlashini nazorat qilish.

  • Asosiy ma’muriy amallarni bajarish (parolni tiklash, ruxsat huquqlarini sozlash, hisob qaydnomalarini yaratish).

  • Tizim jurnallarini kuzatib borish, nosozliklarni tuzatish yoki keyingi bosqichga oshirish (eskalatsiya).

  • Texnik jihatdan murakkab so‘rovlar yoki xatoliklarni (bug) keyingi qo‘llab-quvvatlash bosqichiga o‘tkazish.

  • Tizimning yangi funksiyalari va yangilanishlarini sinovdan o‘tkazish (testlash).

  • Foydalanuvchilarning talablarini yig‘ish va tahlil qilishda ishtirok etish.

  • Bilimlar bazasini yuritish va foydalanuvchilar uchun qo‘llanmalar tayyorlash.

  • Hodisalar va ularning yechimlari to‘g‘risida hisobotlarni shakllantirish.

  • Tizimga oid texnik hujjatlarni yangilab borish.

Talablar:

  • Shu kabi lavozimda 2 yildan ortiq ish tajribasi.

  • Axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarining ishlash tamoyillarini tushunish.

  • Windows/Linux operatsion tizimlarini tajribali foydalanuvchi darajasida bilish.

  • Jira dasturi bilan ishlash ko‘nikmalari.

  • SQL, tarmoq protokollari va veb-ilovalar ishlashi bo‘yicha boshlang'ich bilimlar.

  • Texnik hujjatlar bilan ishlash qobiliyati.

  • Tez o‘zgaruvchan ish muhitida hamkasblar va mijozlar bilan samarali muloqot qila olish, xotirjamlikni saqlay bilish va stressli vaziyatlarni yenga olish qobiliyati.

Bizlar nima taklif etamiz:

  • Ish jadvali: Haftasiga 5 kun, ikki smenada — kunduzgi smena 09:00 dan 18:00 gacha va tungi smena 18:00 dan 02:00 gacha.

  • Rasmiy ish: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiylashtirish, 28 kalendar kunlik mehnat ta'tili.

  • Muhit: Qat’iy dres-kod yo‘q — biz davlat tashkilotlari haqidagi qoliplarni (stereotiplarni) buzishga intilamiz.

  • Jamoa: O‘z bilim va tajribasi bilan bo‘lishishga tayyor bo‘lgan kuchli mutaxassislar jamoasida ishlash imkoniyati.

  • Loyihalar: Aholi turmush darajasini yaxshilashga va mamlakatning yetakchi korxonalarida biznes jarayonlarini optimallashtirishga qaratilgan yirik va ahamiyatli loyihalarda qatnashish.

  • Rivojlanish: Mustaqil qarorlar qabul qilish va kompaniya rivojiga faol hissa qo‘shish uchun keng imkoniyatlar.

Vakansiyaga qiziqdingizmi?

Vakansiyaga ariza berishdan oldin majburiyatlar va ish sharoitlari bilan tanishib chiqing