Sun'iy intellektni ishlab chiqish va metodologiyasi bo'yicha mutaxassis
Work Conditions
Raqamli Texnologiyalar Vazirligi sun'iy intellekt bo‘yicha mutaxassislarni davlat raqamlashtirish bo‘yicha ilg‘or loyihalarda ishtirok etishga taklif etadi.
Majburiyatlar:
- Sun'iy intellektning yangi usullarini tadqiq qilish va ishlab chiqish.
- Turli sohalarda sun'iy intellektni joriy etish bo‘yicha metodologik tavsiyalar ishlab chiqish.
- Eng yaxshi amaliyotlar va sun'iy intellekt sohasidagi eng so‘nggi yutuqlar bo‘yicha bilimlar bazasini yaratish va yuritish.
- Sun'iy intellekt tizimlarining samaradorligi va ishonchliligini baholash tadqiqotlari va testlarini o‘tkazish.
- Davlat va tijorat tashkilotlarida sun'iy intellektni joriy etish va qo‘llash bo‘yicha standartlar va reglamentlar ishlab chiqish.
- Xalqaro muassasalar va institutlar bilan hamkorlikni muvofiqlashtirish, bilim va tajriba almashish.
- Sun'iy intellektni ishlab chiqish va qo‘llash bo‘yicha mutaxassislarni o‘qitish va malakasini oshirish.
Talablar:
- O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va kelishish bo‘yicha tajriba.
- Xalqaro tashkilotlar bilan ishlash tajribasi afzallik hisoblanadi.
- Texnik hujjatlar (texnik topshiriqlar, kontseptsiyalar va boshqalar) bilan ishlash tajribasi.
- Chuqur o‘rganish, neyron tarmoqlar va boshqa zamonaviy sun'iy intellekt texnologiyalarining tamoyillari va usullarini bilish.
- Bulut platformalari bo‘yicha bilim (AWS, Google Cloud, Azure).
- Murakkab ma'lumotlarni tahlil qilish qobiliyati.
- Loyiha boshqaruvi va jamoaviy ishlash vositalari bilan tajriba (JIRA, Confluence va boshqalar).
- Texnik hujjatlar va ilmiy maqolalar yozish tajribasi afzallik hisoblanadi.
Bizlar nima taklif etamiz:
- Raqobatbardosh ish haqi.
- Professional rivojlanish imkoniyatlari.
- Korporativ tadbirlar va bonuslar.
- Shahar markazidagi barcha qulayliklarga ega ofis.
Interested in this Vacancy?
Be sure to familiarize yourself with the duties and working conditions before responding to the job posting