UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Tizim integratsiyasi bo‘yicha tahlilchi (System Integration Analyst)

To'liq bandlik

3-6

Bosh ofis

27.01.2026

Work Conditions

Majburiyatlar: 

  • Integratsiya bo‘yicha B2B-mijozlar murojaatlarini texnik tahlil qilish, so‘rovlardagi xatolar, avtorizatsiya, parametrlar, muhitlar va takrorlanuvchanlik masalalarini o‘rganish.
  • Hodisalar sabablarini tahlil qilish: faktlarni yig‘ish, gipotezalarni tekshirish, "root cause"ni (asosiy sababni) aniqlash (integratsiya xatosi, konfiguratsiya, tizim cheklovlari, nuqson).
  • Muammolarni takrorlash (reproduction): nazorat so‘rovlarini tuzish, Postman orqali ssenariylarni tekshirish, parametrlarni solishtirish, muhitlar o‘rtasidagi farqlarni tahlil qilish.
  • Loglar va so‘rovlar trassirovkasi bilan ishlash: request/correlation ID bo‘yicha qidirish, vaqt, statuslar, parametrlar va javoblarni o‘zaro taqqoslash.
  • Mijozlar uchun yakuniy yechimgacha bo‘lgan vaqtinchalik yechimlar va texnik tavsiyalarni tayyorlash. Dasturlash jamoasi uchun tiketlarni rasmiylashtirish: aniq tavsif, takrorlash qadamlari, kutilgan/haqiqiy natija, loglar, versiyalar, ta’sir doirasi va ustuvorlik.
  • Dasturlash jamoasi va arxitektorlar bilan hamkorlik qilish: sabablarni aniqlashtirish, tuzatishlarni (fix) tekshirish, yechimni tasdiqlash.
  • Relizlarni testlash va o‘zgarishlar kiritilishidan oldin/keyin tekshirishda ishtirok etish (asosiy integratsiya ssenariylari bo‘yicha smoke/regression testlar).
  • Bilimlar bazasini yuritish va rivojlantirish: keyslarni rasmiylashtirish, diagnostika daraxti, teglar, shartlar, yechimlar va tuzatilgan versiyalar haqida ma’lumot kiritish.
  • L1 darajasini konsultatsiya qilish va metodik qo‘llab-quvvatlash: diagnostikada yordam berish, eskalatsiyalar sifatini nazorat qilish, takroriy murojaatlarni kamaytirish.
  • Qo‘shimcha ishlanmalar bo‘yicha talablarni aniqlashtirishda ishtirok etish: detallarni yig‘ish, dasturlash uchun tushunarli kirish ma’lumotlarini shakllantirish (bazaviy darajada user story/AC).

Talablar:

Quyidagi rollarning birida 3+ yillik tajriba:

  • L2 support (integratsiya), tizim tahlilchisi, QA analyst, API/SDK bo‘yicha texnik maslahatchi, integration engineer.
  • Mijoz-server arxitekturasi va tizimlarni integratsiya qilish tamoyillarini tushunish. REST API va HTTP ni mukammal tushunish:
  • metodlar (GET/POST/PUT/DELETE);

  • statuslar (400/401/403/404/409/422/429/500);

  • headers/body/query params;

  • tokenlar/imzolar/avtorizatsiya (bazaviy darajada); Postman (yoki analoglari) bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajriba: kolleksiyalar, muhit o‘zgaruvchilari, so‘rovlarni takrorlash, javoblarni tahlil qilish. Loglar orqali diagnostika qilish ko‘nikmalari:

  • request ID/correlation ID ni qidirish;

  • hodisalarni vaqt bo‘yicha taqqoslash;

  • xatoning asosiy belgilarini ajratib ko‘rsatish.

  • Tarmoq o‘zaro ta’siri asoslarini tushunish: HTTPS, taymautlar, DNS, aloqa kanali muammolari, proksi/VPN (diagnostika darajasida).

  • Bazaviy SQL (ma’lumotlarni o‘qish/tekshirish darajasida SELECT, WHERE, JOIN — agar kompaniyada ishlatilsa).

  • Jira bilan ishlash tajribasi: tiketlarni yuritish, statuslar, ustuvorlikni belgilash, dasturlash vazifalarini savodli rasmiylashtirish.

  • Confluence yoki har qanday KB-tizim bilan ishlash tajribasi: bilimlarni tizimlashtirish, ma’lumotlar dolzarbligini saqlash.

  • Texnik matnlarni yozish qobiliyati: aniq, tuzilmaviy, takrorlanuvchan (qadamlar, shartlar, kirish/chiqish ma’lumotlari).

Shartlar:

  • Ish grafigi: haftada 5 kun, 09:00 dan 18:00 gacha;
  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiylashtirish, 28 kalendar kunlik mehnat ta’tili;
  • Qat’iy dress-kodning yo‘qligi — biz davlat tashkilotlari haqidagi stereotiplarni buzishga intilamiz;
  • Bilim va tajriba almashishga tayyor kuchli professionallar jamoasida ishlash;
  • Aholi hayotini yaxshilash va mamlakatning yetakchi korxonalarida biznes-jarayonlarni optimallashtirish uchun xizmatlar yaratishga qaratilgan yirik va ahamiyatli loyihalarda ishtirok etish;
  • Mustaqil qarorlar qabul qilish va kompaniya rivojlanishiga faol ta’sir ko‘rsatish uchun keng imkoniyatlar.

Interested in this Vacancy?

Be sure to familiarize yourself with the duties and working conditions before responding to the job posting