Texnik yozuvchi
Условия работы
Vazifalar:
-
Ishlab chiqarish jarayonlari, standart operatsiyalar va protseduralarni tavsiflovchi texnik hujjatlarni ishlab chiqish.
-
IT mahsulotlari va ishlab chiqarish jarayonlari uchun tushunarli va batafsil foydalanuvchi hujjatlarini yaratish.
-
Ichki ekspertlardan (dasturchilar, arxitektorlar, tahlilchilar) ma'lumotlarni to'plash va tizimlashtirish.
-
Dasturchilar uchun aniqlik va tushunarlilikka e'tibor qaratgan holda texnik spetsifikatsiyalarni yozish.
-
Ish yo'nalishlari bo'yicha hisobotlarni tayyorlash, shu jumladan jarayonlarni takomillashtirish bo'yicha tahlil va takliflar kiritish.
Talablar:
-
IT sohasida texnik yozuvchi sifatida 1 yildan 3 yilgacha ish tajribasi.
-
O'zbek va rus tillarini bilish (ingliz tilini bilish afzallik hisoblanadi).
-
Murakkab g'oyalarni aniq va tushunarli bayon qilish, ma'lumotlarni savodli tizimlashtirish qobiliyati.
-
Texnik va IT terminologiyasini mukammal bilish.
-
BPMN va UML notatsiyalari sohasida bilimga egalik.
-
Ko'p vazifalarni bir vaqtning o'zida bajarish va belgilangan muddatlarga rioya qilish tajribasi.
Bizlar nima taklif etamiz:
-
Ish jadvali: haftasiga 5 kun, 09:00 dan 18:00 gacha.
-
O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiylashtirish, 28 kalendar kunlik ta'til taqdim etish.
-
Qat'iy drees-kodning yo'qligi — biz davlat tashkilotlari haqidagi stereotiplarni yo'q qilishga intilamiz.
-
Bilim va tajriba almashishga tayyor bo'lgan kuchli professional jamoada ishlash.
-
Aholi hayotini yaxshilash va mamlakatning yetakchi korxonalarida biznes jarayonlarini optimallashtirishga qaratilgan yirik va muhim loyihalarda ishtirok etish.
-
Mustaqil qarorlar qabul qilish va kompaniya rivojlanishiga faol ta'sir ko'rsatish uchun keng imkoniyatlar.
Заинтересованы в вакансии?
Перед откликом на вакансию, обязательно ознакомьтесь с обязанностями и условиями работы