UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Texnik qo‘llab-quvvatlash mutaxassisi

Navbatchilik asosida

1-3

Bosh ofis

24.06.2025

Work Conditions

 

Vazifalar:

  • Foydalanuvchilardan kelib tushgan murojaatlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va ko‘rib chiqish (axborot tizimlariga kirish masalalari bo‘yicha);

  • Murojaat sabablari tahlili va dastlabki texnik baho berish;

  • Yetarli asoslar mavjud bo‘lsa, tizimga kirish huquqini berish jarayonini boshlash;

  • Hodisalarni tezda hal qilish uchun texnik va tegishli bo‘limlar bilan hamkorlik qilish;

  • Murojaatlar bo‘yicha ichki hisobot va hujjatlarni yuritish;

  • Yuqori darajadagi mijozlarga xizmat ko‘rsatishni ta’minlash;

  • So‘rovlarni bajarishda sifat standartlari va SLA muddatlariga rioya qilish.

Talablar:

  • Kompyuterdan bemalol foydalanish, axborot tizimlari va ichki portallar bilan ishlashning asosiy tamoyillarini bilish;

  • Texnik qo‘llab-quvvatlash, servis-desk yoki mijozlar bilan ishlashda tajriba afzallik hisoblanadi;

  • Fikrni aniq ifoda eta olish va rasmiy muloqot uslubini saqlash;

  • Smena asosidagi ishga tayyorlik (shu jumladan tungi smenalar, dam olish va bayram kunlari);

  • E’tiborli, mas’uliyatli va stressga bardoshli bo‘lish;

  • Noan’anaviy vaziyatlarda tez harakat qilish qobiliyati;

  • O‘zbek va rus tillarini bilish.

Sharoitlar:

  • Navbatchilik asosida ish: haftaning 7 kuni (bir nechta smenada ishlash imkoniyati bor):

    • 1-smena: 09:00 – 13:00

    • 2-smena: 14:00 – 18:00

    • 3-smena: 18:00 – 22:00

  • Qattiq kiyinish qoidalari yo‘q — biz davlat tashkilotlari haqidagi stereotiplarni buzishni istaymiz;

  • Bilim va tajriba almashishga tayyor kuchli mutaxassislar jamoasida ishlash;

  • Aholining hayot sifatini yaxshilash va yetakchi korxonalardagi biznes jarayonlarni optimallashtirishga qaratilgan muhim va yirik loyihalarda ishtirok;

  • Mustaqil qarorlar qabul qilish va kompaniya rivojiga faol ta’sir o‘tkazish imkoniyatlari.

Interested in this Vacancy?

Be sure to familiarize yourself with the duties and working conditions before responding to the job posting