Windows serverlari administratori (AD, DNS, GPO, Microsoft Exchange Server)
Условия работы
Majburiyatlar:
-
Windows Server (2016, 2019, 2022) va Windows 10/11 operatsion tizimlarini administrlash;
-
Active Directory'ni boshqarish (foydalanuvchilar, guruhlar, GPO, xavfsizlik siyosatlari);
-
DNS, DHCP, Group Policy'ni sozlash va administrlash;
-
Exchange pochta xizmatlari bilan ishlash;
-
Windows Server yangilanishlari va migratsiyasini amalga oshirish;
-
PowerShell yordamida muntazam (rutin) vazifalarni avtomatlashtirish;
-
VMware virtualizatsiyasi bilan ishlash (afzal ko'riladi);
-
Axborot xavfsizligini ta'minlash (antiviruslar, kirishni nazorat qilish).
Talablar:
-
Tizim administratori yoki Windows administratori sifatida 3 yildan ortiq ish tajribasi;
-
Windows Server'ni yangilash va migratsiya qilish bo'yicha tajriba;
-
Mas'uliyatlilik, detallarga e'tiborlilik;
-
Jamoada ishlash va mustaqil ravishda vazifalarni hal qilish qobiliyati;
-
O'rganishga va yangi texnologiyalarni o'zlashtirishga tayyorlik.
Bizlar nima taklif etamiz:
-
Ish jadvali: Haftasiga 5 kun, 09:00 dan 18:00 gacha;
-
O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiylashtirish, 28 kalendar kunlik mehnat ta'tili;
-
Qat'iy drees-kodning yo'qligi — biz davlat tashkilotlari haqidagi stereotiplarni yo'q qilishga intilamiz;
-
Bilim va tajriba almashishga tayyor bo'lgan kuchli professional jamoada ishlash;
-
Aholi hayotini yaxshilashga qaratilgan xizmatlarni yaratish va mamlakatning yetakchi korxonalarida biznes jarayonlarini optimallashtirishga yo'naltirilgan yirik va muhim loyihalarda ishtirok etish;
-
Mustaqil qarorlar qabul qilish va kompaniya rivojiga faol ta'sir ko'rsatish uchun keng imkoniyatlar.
Заинтересованы в вакансии?
Перед откликом на вакансию, обязательно ознакомьтесь с обязанностями и условиями работы